“Zakovat” intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantiriş böyiça Respublika taşkiliy qömitasi tarkibi, “Zakovat” intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Quyidagilar taşkiliy qömitaning vazifalari etib belgilanadi: “Zakovat” intellektual öyinlarini ötkaziş tartibini, ötkaziladigan joyni belgilaş; hakamlar hay'ati tarkibi, apellyatsiya komissiyasi a'zolari röyxatini şakllantiriş hamda intellektual öyinlarga qöyiladigan savollar maxfiyligini ta'minlaş; intellektual öyinlarning taşkil etilişi, ötkazilişi va natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib boriş; intellektual öyinlar iştirokçilari haqidagi ma'lumotlarning elektron platformaga kiritilişini muvofiqlaştiriş; intellektual öyinlar natijalari va hakamlar hay'ati qarori asosida ğoliblarni keyingi bosqiçda iştirok etişini ta'minlaş hamda respublika bosqiçini taşkil etiş va ğolib jamoalarni taqdirlaş.

Yoşlar işlari agentligi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda 2022 yildan boşlab bosqiçma-bosqiç umumta'lim maktablari, oliy va professional ta'lim muassasalari, Prezident va ixtisoslaşgan ta'lim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyatini yölga qöyadi hamda hududlardagi “Yoşlar markaz”larida intellektual öyinlar jamoalari uçun alohida xonalarni taşkil etadi.

Ta'lim muassasalarida taşkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bölgan talaba va professor-öqituvçilarga direktor jamğarmasi hamda oliy ta'lim muassasalarining budjetdan taşqari jamğarmalari hisobidan har oylik ustama belgilanadi.

Yoşlar işlari agentligi 2022 yildan boşlab har yili intellektual öyinni quyidagi 3 ta yönaliş va 3 bosqiçli tizim asosida: Xalq ta'limi vazirligi, Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan birgalikda umumiy örta, Prezident va ixtisoslaşgan ta'lim muassasalarida; Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda örta maxsus, professional va oliy ta'lim muassasalarida; hududiy bosqiçlarda ğolib bölgan jamoalar örtasida har yil 30 iyun kuni respublika superfinal öyinini taşkil etadi.

Belgilab qöyilişiça, respublika taşkiliy qömitasi tavsiyasiga köra intellektual öyinlarning respublika bosqiçida ğolib bölgan umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilari – professional va oliy ta'lim muassasalariga, talabalar – ta'limning keyingi bosqiçiga davlat granti, 2 – 3-örinlarni egallagan jamoalar bazaviy tölov kontrakt asosida qabul qilinadi. 2022/2023 öquv yilidan boşlab, intellektual öyinlarda ğolib bölgan öquvçi yoşlar va talabalar uçun yil davomida beriladigan “Zakovat stipendiyasi” joriy etiladi hamda Davlat budjetidan Yoşlar işlari agentligiga ajratilgan mablağlar hisobidan ajratiladi.

Aholi örtasida kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş, intellektual televizion loyihalarga qiziqişini oşiriş maqsadida “Zakovat” intellektual körsatuvi uçun mantiqiy savol yöllagan teletomoşabinlarni moddiy rağbatlantirib boriş tizimi yölga qöyiladi. Mamlakatda intellektual öyinlarni yanada rivojlantiriş maqsadida Yoşlar işlari agentligi orqali davlat budjetidan har yili “Zakovat intellektual öyinlari klubi” nodavlat notijorat taşkilotiga 50 milliard söm mablağ ajratiladi. Ajratilgan mablağlar intellektual öyinlarni taşkil etiş, savol yöllagan teletomoşabinlarni moddiy rağbatlantiriş, ekspertlar va hakamlarga iş haqi tölaş hamda ğolib bölgan jamoalar a'zolarini uşbu qarorda belgilangan tartibda rağbatlantirişda foydalaniladi.