Qayd etilişiça, loyihada sayyohlarning hayoti, soğliği va xavfsizligini ta’minlaş ustuvorligi, hududlarning tabiiy-geografik salohiyatidan töliq foydalaniş asosida turistik xizmatlarni diversifikatsiya qiliş, xalqaro va milliy xavfsizlik standartlarini joriy etiş, sohadagi ruxsat beriş tartib-taomillarini bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriş va yengillaştiriş, malakali yöriqçi-yöl boşlovçilarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş hamda tadbirkorlik sub’yektlari va notijorat taşkilotlarni qöllab-quvvatlaş kabi yönalişlarga urğu qaratilgan.

Faol turizm salohiyati yuqori bölgan 162 ta tabiiy ob’yekt röyxati şakllantirildi. Ular 5 ta hudud - Toşkent (77 ta), Surxondaryo (30 ta), Samarqand (22 ta), Qaşqadaryo (20 ta) va Jizzax (13 ta) viloyatlari kesimida guruhlangan.

Röyxatga 88 ta toğ va toğ tizmasi, 21 ta köl, 20 ta şarşara, 18 ta ğor va grot hamda 15 ta çöqqi kiritilgan. Har bir ob’yekt böyiça uning turi, joylaşgan tumani va geografik boğlanişi aniqlaştirilgan.