Turizm qömitasi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasiga köra, kiçik aviatsiya faol turizmning yangi yönalişiga aylanadi.
Loyihada kiçik aviatsiyani rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilgan. Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi uşbu sohada davlat regulyatori etib belgilanadi hamda havo kemalarini röyxatdan ötkaziş, sertifikatlaş, texnik xizmat körsatiş, mutaxassislar tayyorlaş va parvozlar xavfsizligini nazorat qiliş böyiça qöşimça vakolatlarga ega böladi.
“Agentlik ICAO talablari asosida sertifikatlangan maksimal uçiş oğirligi 5700 kg gaça bölgan (vertolyotlar uçun 2250 kg gaça) havo kemalari faoliyatini tartibga soluvçi aviatsiya qoidalarini işlab çiqadi.
“Yöl xaritasi”da vazni 115 kg gaça bölgan apparatlarni röyxatdan ötkaziş majburiyatidan ozod qiliş, yengil havo kemalari uçun «Havaskorlik» toifasini joriy etiş, “Kiçik aviatsiya” yagona integratsiyalaşgan elektron platformasini yaratiş, şuningdek kiçik aviatsiya uçuvçilari zaxirasini şakllantiriş böyiça “Cadet program”ni yölga qöyiş nazarda tutilgan.
Hududlarda foydalanişdan çiqarilgan uçiş-qöniş yölaklari (aerodromlar) ni faol turizm maqsadida qayta işga soliş, ularni obodonlaştirib, tadbirkorlik sub’yektlari va taşabbuskorlarga ijaraga beriş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, faol turizm yönalişida öquv kurslari taşkil etiş uçun notijorat taşkilotlar va tadbirkorlarga bino va inşootlar ijaraga beriladi.
















