Qoraqalpoq davlat universiteti 2-bosqiç talabasi Q.M. ning ijarada yaşayotgan uyidan «Zulfiya» mukofotining medali öğirlab ketilgan. Bu haqda «Tynyşlyq saqşysy» gazetasi xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, voqea 13 noyabr kuni soat 10:00 larda yuz bergan. Mukofot möynoqlik qizga tegişli bölgan.

Aniqlanişiça, öğirlik Nukus şahrida istiqomat qiluvçi K.S. tomonidan amalga oşirilgan. U bu işni uyning eşigini öz yasagan kalit bilan oçiş yordamida qilgan.

Qöşimça qilinişiça, uşbu fuqaro bundan oldin ham şu kabi jinoyatni sodir qilgan. U 2 noyabr kuni soat 14:50 larda törtköllik, Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqiç talabasi T.N. ning ijarada turgan uyidan 150 ming söm pulni öğirlab ketgan.

Qidiruv natijalariga köra, yuqoridagi öğirlik jinoyatini sodir qilgan şaxs qölga olingan.

Bundan oldin Kegeylida 5 ming dollar evaziga Milliy gvardiya tizimiga işga kiritmoqçi bölganlar qölga olingandi.