Turkiya Rossiya va Ukraina örtasidagi inqirozni hal qilişda iştirok etiş niyatida va Moskva bilan bu mavzuni muhokama qilişda davom etadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'lum qildi.

«Biz mintaqada tinçlik örnatilişi tarafdorimiz, ayniqsa, gap Qrim turklari haqida borganida. Bu masalani döst Rossiya va ayniqsa, janob Putin bilan bir neça marta muhokama qilganmiz», — deya uning sözlaridan iqtibos keltirdi NTV telekanali.

Erdöğanning qayd etişiça, Turkiya vositaçilikka tayyor hamda Ukraina bilan ham, Rossiya bilan ham muzokaralar ötkazmoqçi.

«Biz bu masalani yeçişda iştirok etişni xohlardik», — dedi u.

Xabar qilinişiça, Ukraina 26 noyabr kuni Rossiyaga Erdöğan orqali  mahbuslarni almaştiriş röyxatini bergan.