Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentda amaliy taşrif bilan bölib turgan Rossiya xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi.

Uçraşuv avvalida Aleksandr Bortnikov davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston–Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi. 2021 yil 19 noyabr kuni Moskva şahrida ötgan oliy darajadagi ikki tomonlama uçraşuvning samarali natijalari yuksak baholandi.

Xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga, şu jumladan, terrorizm, ekstremizm, uyuşgan jinoyatçilik, kiberjinoyatlar, narkotrafik va boşqa xavf-xatarlarga qarşi kuraşişda ikki mamlakat vakolatli organlari örtasidagi muntazam aloqalarni davom ettiriş va amaliy hamkorlikni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratildi.

Afğonistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib çiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almaşildi.