Prezident matbuot xizmatiga köra, Özbekiston yetakçisi Amirliklar tomonini milliy bayram – mamlakat taşkil topganining 50 yilligi bilan qutlab, döst BAA xalqiga farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.

Keng kölamli Özbekiston-BAA hamkorligining strategik yönalişlarini rivojlantiriş masalalari körib çiqilgani aytiladi.

Qöşma innovatsion loyihalar va moliyaviy-texnik kömak dasturlarini amalga oşiriş masalasiga alohida e'tibor qaratilib, bunda Dubaydagi EXPO butunjahon körgazmasida ham özining yorqin ifodasini topgan mamlakatlarimiz salohiyatini hisobga oliş lozimligi qayd etildi.

Istiqbolli loyihalarning yangi portfelini şakllantiriş uçun yaqin fursatda hukumatlar delegatsiyalarining ikki tomonlama uçraşuvlarini ötkazişga kelişib olindi.