Özbekiston Xitoyga köplab turdagi qadoqlangan quruq meva eksportini köpaytiriş ustida işlamoqda. Bu haqda Özbekistonning Pekindagi elçixonasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Xitoy qayta işlangan meva-sabzavotlar, mayiz va dukkakli mahsulotlar iste'moli böyiça jahonda yetakçilardan hisoblanadi. Mamlakat meva-sabzavotga bölgan ortib borayotgan talabni qondiriş maqsadida xorijiy mamlakatlardan köp miqdorda quritilgan meva va yonğoq import qiladi.
Özbekiston Xitoyga yeryonğoq, grek yonğoği, quritilgan örik, uning danagi, mayiz va boşqa bir qança quritilgan mevalarni yetkazib beradi. Xususan, Özbekistonning Xitoy mayiz importidagi uluşi 40 foizni taşkil qilib, bu Xitoyning import şeriklari orasidagi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. Biroq xitoylik importçilar uşbu mayizlarni mamlakati hududida qayta işlaş maqsadida asosan 10-25 kg.lik qutilarda, qadoqlanmagan holda sotib oladi.
Xitoyda qayta işlab qadoqlangan mahsulotlar bozori rivojlanib bormoqda. Bunday turdagi mahsulotlar yuqori gigiyena standartlariga javob berişi hamda iste'molçilarning turli ehtiyojlarini qondira olişi tufayli xaridorlar tomonidan ijobiy kutib olinadi.
Özbekistonning Pekindagi elçixonasi tomonidan tegişli idoralar bilan hamkorlikda Xitoyning yirik şaharlarida olib borilgan reklama tadbirlari Özbekistonda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yirik Xitoy bozoriga olib çiqiş imkonini bergan. Xususan, Xitoy kompaniyasi bilan tuzilgan şartnoma asosida Toşkentda faoliyat yuritadigan «Cherry-pick Production» MÇJ Özbekistonning VITA BOOM brendi ostida har biri 200 grammdan qadoqlangan turli xildagi yonğoq va quritilgan mevalarni Xitoyga yetkazib berişni boşladi. Tayyor mahsulotlarni xaridorga sotişni tezlatiş maqsadida «Uzbekistan Airways» tomonidan sinov partiyasi yetkazib berilgan.
Elektron savdo maydonçalari iste'molçilarga mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining sifati bilan boğliq xavotirlarning mavjudligi tufayli xalqaro savdo belgisiga ega xorijiy mamlakatlarda işlab çiqarilgan mahsulotlarni sotib olişga imkon yaratadi. Elektron savdo maydonçalari işlab çiqaruvçilar uçun kengroq qamrov va samarali marketing imkoniyatlarini ham taqdim etadi.
Ayni damda «Made in Uzbekistan» yozuvi ostida işlab çiqarilgan mahsulotlarni Xitoyning maşhur elektron savdo maydonçalariga joylaştiriş işlari olib borilmoqda. Özbekistonning Xitoydagi elçixonasiga köra, bu Özbekistonda faoliyat olib boruvçi quritilgan meva va boşqa oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqaruvçilar uçun mahsulotlarini jahonning eng yirik bozori hisoblangan Xitoyga yetkazib beriş böyiça yangi imkoniyatlar oçadi.












