Suhbat çoğida Özbekistondan Misr va Yaqin Şarq davlatlariga ip-kalava va oziq ovqat mahsulotlarini eksport qiliş imkoniyatlari körib çiqildi.
Makka for Import and Export kompaniyasi rahbari Misrda mavjud bölmagan özbek mahsulotlarini, xususan guruç va quruq mevalarni mahalliy bozorlarga keltirişga qiziqiş bildirdi.
Tomonlar logistika yönalişlari, transport xarajatlari va yetkaziladigan tovarlar uçun tölovni amalga oşiriş tartibi xususida fikr almaşdi.
Özbekiston eksportyorlari bilan hamkorlik örnatiş, xorijiy investorlar uçun yaratilgan şaroitlar bilan bevosita tanişiş maqsadida, joriy yil noyabr oyida Makka for Import and Export kompaniyasi rahbarining Özbekistonga biznes-missiyasini taşkil etişga kelişildi.












