“Ukrainadagi katta uruş butun Yevropani inqirozga giriftor qiladi. Bu vaziyatda Rossiya bosqinidan najot topiş maqsadida 3-5 mln qoçqinning tösatdan paydo bölişi Yevropa jamiyati töqnaş keladigan yirik muammolardan birigina böladi”, deb yozgan Reznikov Atlantic Council tahliliy markazi uçun maqolada. Uning fikriça, örtada butun Yevropa taqdiri turibdi.

Vazir ixtilof oqibatida paydo böladigan muammolar qatorida Yevropaga Rossiya va Ukrainadan tovarlar, jumladan ğalla yetkazilişi töxtaşini ham misol qilib körsatgan. Reznikovning fikriça, bu butun Yevropa uçun oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi muammolarga olib keladi. Bundan taşqari, Rossiyaning hujumi “global beqarorlik”dagi yangi davrni oçadi.

Ukraina mudofaa vaziri Rossiya yadro qurolidagi ustunlikdan taşqari, harbiy aviatsiya, raketa tizimlari va harbiy-dengiz kuçlari borasida Ukrainadan ustun ekanini ta’kidlab ötgan. “Ukraina uçun insoniy yöqotişlar falokatli darajada böladi. Rossiya ham katta yöqotişlarga uçraydi”, deb qöşimça qilgan vazir. Uning ta’kidlaşiça, “Ukrainadagi frontdan Rossiyaga qaytuvçi tobutlar”ni “Kreml senzurasi” ham töxtata olmaydi.

Reznikov ayni vaqtda ixtilofning oldini oliş mumkinligini aytgan. Uning fikriça, buning uçun Moskvaga “Ukrainaga hujum uçun haq juda yuqori” bölişini uqtiriş lozim.   

Joriy haftada AQŞ va Yevropadagi bir neçta naşr Rossiya 2022 yil boşida Ukrainaga bostirib kirişi mumkinligini ma’lum qilgan. OAVning ta’kidlaşiça, Rossiya bu maqsadda 175 ming harbiyni jalb qilişni rejalaştirmoqda. Rossiya taşqi işlar vazirligida bunday maqolalar “Rossiyaga javobgarlikni yuklaş bilan Ukraina atrofidagi vaziyatni keskinlaştiriş” deb atalgan. Kremlning ta’kidlaşiça, “bu jazava sun’iy tarzda avj oldirilmoqda”.