JST vakillari Özbekiston işbilarmon doiralari vakillari iştirokidagi ikkita davra suhbatida ham iştirok etdi. 

«JST boş direktori örinbosari Syançen Çjan Özbekiston hukumatining içki iqtisodiy islohotlar ulkan dasturini amalga oşiriş va taşkilotga qöşiliş jarayonidan öz rivojlaniş strategiyasining bir qismi sifatida foydalanişga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuqori baholadi, - deyiladi maqolada. - Sardor Umrzoqov hukumatning JSTga a'zo böliş böyiça qat'iy pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi, bu yaqinda qayta saylangan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan keng kölamli islohotlar kun tartibining ajralmas qismi va siyosatning mutlaq ustuvor yönalişi bölib qolmoqda». 

Qayd etilişiça, JSTga a'zo böliş hukumatning 2022–2026 yillarga möljallangan strategiyasiga kiritiladi. Bu taşkilotga qöşiliş böyiça muzokaralarni tezlaştirişga qaratilgan. 

Naşrning ta'kidlaşiça, Özbekistonning Badriddin Obidov boşçiligidagi muzokaralar guruhi bilan a'zolik böyiça keng kölamli masalalar, jumladan, jarayon va hujjatlar böyiça samarali muzokaralar olib borilgan. 

Xulosa sifatida qayd etilişiça, delegatsiyaning taşrifi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi texnik guruhi bilan işçi guruhi yiğilişining navbatdagi sikli amaliy jihatlarini muhokama qiliş böyiça maslahatlaşuvlar bilan yakunlandi.