Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a'zo davlatlar bilan özaro hamkorligi doirasidagi munosabatlar hozirgi holati va vazifalarni hal etiş mexanizmlari muhokama qilindi. 

Sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, savdo tartibotlarini soddalaştiriş va raqamlaştiriş, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya sohasida me'yor va standartlarni takomillaştiriş, transport yölaklarini diversifikatsiya qiliş, texnologiyalar bilan almaşiş hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş kabi yönalişlarda hamkorlikni rivojlantiriş dolzarbligi qayd etildi.

Özbekiston va YeOIIga a'zo davlatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş maqsadida YeIK bilan hamkorlik qiliş böyiça “Yöl xaritasi”ni birgalikda işlab çiqişga kelişildi. Unda savdo, sanoat, bojxona va soliq ma'muriyatçiligi, texnik jihatdan tartibga soliş, sanitariya va fitosanitariya standartlari, energetika, farmatsevtika, mehnat migratsiyasi va boşqa sohalarda YeIK tegişli bölinmalari hamda mamlakat vazirliklari va idoralari örtasidagi hamkorlik çora-tadbirlari aks etadi.

Şuningdek, tomonlar YeOIIga a'zo mamlakatlar investorlarini sanoat kooperatsiyasini yölga qöyiş va qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşirişga jalb etiş böyiça birgalikda iş olib borişga kelişib oldi.