Tomonlar ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yönalişlari, sanoat kooperatsiyasi, şuningdek, qişloq xöjaligi va transport infratuzilmasi sohasidagi özaro aloqalarni muhokama qildi.
«Abdulla Aripov va Mixail Mişustin Özbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş mavzusiga alohida e'tibor qaratdi», — deyiladi Rossiya hukumati xabarida.
Joriy yil 28 oktabr kuni Moskva şahrida Özbekiston boş vaziri örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi kengaşi raisi Mixail Myasnikoviç bilan uçraşgandi.
Öşanda Özbekiston va YeOIIga a'zo davlatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş maqsadida YeIK bilan hamkorlik qiliş böyiça “Yöl xaritasi”ni birgalikda işlab çiqişga kelişilgandi.
Unda savdo, sanoat, bojxona va soliq ma'muriyatçiligi, texnik jihatdan tartibga soliş, sanitariya va fitosanitariya standartlari, energetika, farmatsevtika, mehnat migratsiyasi va boşqa sohalarda YeIK tegişli bölinmalari hamda mamlakat vazirliklari va idoralari örtasidagi hamkorlik çora-tadbirlari aks etadi.











