Uçraşuv çoğida Özbekistonning JSTga a'zo bölişi böyiça muzokara jarayoni hozirgi holati hamda bu boradagi hamkorlik doirasida navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi. Syançen Çjan joriy yil avgust oyida yangi lavozimni egallaganidan beri taşrif buyurgan birinçi mamlakat Özbekiston ekanini ta'kidladi.

Foto: Investitsiyalar  va taşqi savdo vazirligi
Foto: Investitsiyalar  va taşqi savdo vazirligi

Özbekiston hukumati savdo-sotiqni erkinlaştiriş, JST bitimlari tamoyillari va qoidalari asosida taşqi savdoni isloh qiliş tizimlarini modernizatsiya qiliş, xorijiy investitsiyalarni rağbatlantiriş, şuningdek, barqaror iqtisodiy ösişni ta'minlaş böyiça jahonning eng yaxşi amaliyotlarini joriy etişga oid sa'y-harakatlarni davom ettirişga sodiq ekani ta'kidlandi.

Foto: Investitsiyalar  va taşqi savdo vazirligi

Tomonlar joriy yil oxirigaça Özbekistonning JSTga a'zo bölişi böyiça işçi guruh 5-yiğilişini ötkaziş böyiça hamkorlikning amaliy masalalarini muhokama qildi. Taşkilot rahbariyati uşbu tadbirni ötkazişda va Özbekistonning JSTga a'zo bölişi jarayonida har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanligini bildirdi. Zarur hujjatlarni tayyorlaşda JST kotibiyati va uning xalqaro ekspertlari tomonidan Özbekistonga körsatilayotgan texnik yordamni kengaytiriş böyiça kelişuvga erişildi.