Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi portlaşda halok bölgan ikkinçi fuqaro jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, bugun erta tongda «Indenim» savdo markazida röy bergan gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida yuzaga kelgan vayronalar ostida qidiruv-qutqaruv işlari olib borilganda halok bölgan ikkinçi fuqaroning jasadi topilgan.
Joriy yilning 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov tumanidagi «Indenim» savdo majmuasida gaz-havo aralaşmasi bilan boğliq çaqnaş yuzaga kelgan. 9 nafar fuqaro turli tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan. Çaqnaş natijasida sodir bölgan yonğin 28 daqiqa mobaynida FVV kuç-vositalari tomonidan öçirilgan.
Avvalroq, Denovdagi portlaş natijasida bir kişi halok bölgani aniqlangandi.












