Denov tumanida taniqli polvon Nizomiddin Çötboyevni piçoqlagan şaxsga hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmiga köra, 1997-yilda tuğilgan Doston Jabborov bungaça ham bezorilik va qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jinoyatlari bilan ikki bor sudlangan.
2026-yil 9-may kuni Doston Jabborov Denov tumani Yangiariq mahallasida ötkazilgan milliy kuraş musobaqasini tomoşa qilişga borgan. Musobaqada uning ukasi Böstonbek Jabborov polvon Nizomiddin Çötboyevning öğli Ayubxon Xurramov bilan gilamga çiqqan.
Kuraşda Böstonbek Jabborov mağlubiyatga uçragan. Bundan jahli çiqqan Doston Jabborov musobaqa bölayotgan joyni tark etgan. Yölda taksi haydovçisidan kuraş maydonida otasi Asl Xudoyqulov hamda Nizomiddin Çötboyev özaro tortişib qolganini eşitgan. Bundan ğazablangan Doston Jabborov ortiga, musobaqa bölayotgan joyga qaytgan.
U öşa atrofdagi oziq-ovqat dökoni içida turgan oşxona piçoğini olib, kuraş maydoniga borgan. U yerda Nizomiddin Çötboyevga farzandlari köz oldida 4-marta piçoq sançgan.
Polvon oğir jarohatlanib, şifoxonada vafot etgan.
Doston Jabborov sudda aybiga iqrorlik bildirgan. U polvonga neça marta piçoq urganini bilmay qolganini, hammasi jahl ustida bölganini aytib, suddan yengillik söragan.
“Piçoqni neça marta sançganimni eslolmayman. Öşa vaqtda heç kim oldimga yaqinlaşa olmadi, hamma 2 metrça narida qörqib kelolmay turdi. Juda jahl ustida edim. Söng piçoqni taşlab, özimdan uzoqlaştiriş uçun Nizomiddin Çötboyevni bir marta surdim. U yuzini kötarib, boşi bilan çap yuzimga urdi. Zarbadan karaxtlanib, orqaga qarab tez yurdim va undan qoçdim”, degan Doston Jabborov öz körsatmasida.
Sudda Ayubxon Xurramov otasi Nizomiddin Çötboyev köz oldida piçoqlanganini, bundan qattiq iztirobga tuşganini aytgan. U sudlanuvçiga umrbod qamoq jazosi tayinlaşni söragan.
JIB Qumqörğon tuman sudining hukmi bilan Doston Jabborov Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “j, l” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 19 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.
Avvalroq Denovdagi kuraş musobaqasi qotillik bilan yakunlangani, unda taniqli polvon piçoqlab öldirilgani xabar












