AQŞ hukumati Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ehtimoli töğrisidagi xabarlar fonida öz fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qiliş imkoniyati va yöllarini örganmoqda, deb xabar berdi CNN telekanali öz manbalariga tayanib.

“Bayden ma’muriyati agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa va xavfsizlik borasida oğir vaziyatni vujudga keltiradigan bölsa, Ukrainadan amerikalik fuqarolarni evakuatsiya qiliş imkoniyatini örganmoqda”, — deyiladi telekanal xabarida.

Ma’lumot berilişiça, Pentagon evakuatsiyaning turli — “ikkinçi darajali davlat xizmatçilari”dan tortib barça fuqarolarni ommaviy olib çiqib ketişgaça bölgan variantlarini körib çiqmoqda. Bu boradagi yakuniy qarorni davlat departamenti qabul qiladi.

Manbalarning sözlariga köra, uşbu rejalaştirişga AQŞning Afğonistondan evakuatsiya qiliş işlarini yomon olib borgani sabab bölgan bölişi mumkin. 

Avvalroq Ğarb naşrlari Rossiya 2022 yilning boşlarida Ukrainaga hujum qilişga tayyorlanayotgani haqida yozgandi.