Vaşington Donbass avtonomiyasi masalasida Kiyevga bosim ötkazişi mumkin, deb yozmoqda Associated Press öz manbalariga tayanib.
Agentlikning qayd etişiça, “AQŞ prezidenti Jo Baydenning vazifasi Putinga yon bosayotgandek tasavvur uyğotmagan holda Kiyevni Ukraina şarqida ayrim qarorlar qabul qilişga undaş hisoblanadi”.
“Ma'muriyat vakillari AQŞ Ukraina mamlakat şarqidagi yerlarga avtonomiyaning bir qismini rasman berişi uçun Kiyevga bosim ötkazişi mumkinligini taxmin qilmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.
Xabarga köra, gap Donbassga soğliqni saqlaş, politsiya va ta'lim sohalarini özi nazorat qilişiga ruxsat beriş haqida ketmoqda.
Eslatib ötamiz, 7 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Jo Bayden örtasida videomuloqot ötkazildi.
Kremlning bildirişiça, ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi inqiroz va 2015 yildagi Minsk kelişuvlarining bajarilişida siljiş yöqligi bilan boğliq masalalarni muhokama qilgan.












