Denovdagi portlaş böyiça jinoiy iş doirasida uç kişiga «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllangan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
«Denovdagi savdo majmuasida yuzaga kelgan çaqnaş hodisasi böyiça tergov qilinayotgan jinoyat işi doirasida 15 dekabr kuni Denov şahar gaz bölimi boşliği, «Hududgaz Surxondaryo»ning 2 nafar xodimlari jami 3 nafar şaxsga Jinoyat kodeksining 116, 214-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllanilgan», deyiladi xabarda.
Dastlabki tergov harakatlari davom etayotgani ma’lum qilingan.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksida 116-modda (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) böyiça ehtiyotsizlik odamlar ölimi va boşqaça oğir oqibatlarga sabab bölsa, beş yildan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.
214-modda (Davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilot yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi xizmatçisining qonunga xilof ravişda moddiy qimmatliklar olişi yoki mulkiy manfaatdor bölişi) böyiça harakatlar darajasiga qarab BHMning 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlaridan tortib, beş yildan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qilişgaça jazolar belgilangan.
Eslatib ötamiz, Surxondaryoning Denov şahri markazidagi Indenim savdo majmuasida kuçli portlaş 7 dekabr tongida yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, portlaş oqibatida ikki kişi halok bölgan, 11 kişi turli tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Keyinçalik Denovdagi portlaşda 65ta uy zarar körgani, 6ta xonadon devorlari esa yorilib, yaşaş uçun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum böldi.
Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov ikki nafar marhumning yaqinlariga moddiy yordam puli tölab berilayotganini ma’lum qildi. U, şuningdek, tadbirkorlarga yetkazilgan zarar, 65ta xonadon ta’miri va ijtimoiy soha obektlarining zararlanişi oqibatida kelib çiqqan çiqimlar ham sud qaroriga köra ikki xil usulda qoplanişini bildirgan.
Bundan avvalroq Boş prokuratura holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-modda (mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) va 259-moddalari (yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida ma’lum qilgandi.












