“Uşbu 37 ta taşkilot AQŞ hukumati tomonidan Qöşma Ştatlarning taşqi siyosati yoki milliy xavfsizlik manfaatlariga zid harakat qilayotgan deb topilgan”, deb ma’lum qilingan tegişli hujjatda.
Uşbu kompaniyalardan uçtasi Gruziyada, bittasi Malayziyada, ikkitasi Turkiyada, qolganlari esa Xitoyda joylaşgan.
Jumladan, AQŞ savdo sanksiyalari ostiga Xitoyning harbiy-tibbiy fanlar akademiyasi va uning 11 ta ilmiy-tadqiqot instituti tuşgan. AQŞ hukumatining ta’kidlaşiça, uşbu taşkilotlar “xitoylik harbiy foydalanuvçilarni qöllab-quvvatlaş uçun biotexnologik jarayonlar, jumladan miyani nazorat qilişga möljallangan quroldan” foydalangan. Xitoyning boşqa taşkilotlari “Xitoy qurolli kuçlari modernizatsiyasi”ni qöllab-quvvatlagani” hamda “Eronga qurol va raketalar işlab çiqişi uçun AQŞda işlab çiqarilgan mahsulotni yetkazgani” uçun sanksiyalar ostiga tuşgan.












