AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris jurnalistning “AQŞ prezidenti lavozimini aslida kim egallaydi?” degan savolidan aççiqlanib, unga keskin javob qaytardi. Bu haqda The Hill naşri xabar berdi.

Charlamagne Tha God Comedy Central şousi vaqtida boşlovçi Harrisdan “AQŞning “haqiqiy” prezidenti kimligi” haqida söragan.

"Bu Jo Bayden. U prezident yoki yöqligini sörab, respublikaçilarga xos tarzda fikrlaşni bas qiling”, deb keskin ohangda javob qaytargan Harris.

U, şuningdek, bir neça marta Baydenning ismini takrorlab, boşlovçining gaplarini bölgan.

Bayden 17 dekabrda Janubiy Karolina universiteti bitiruvçilariga diplomlarni topşiriş marosimida Harrisni bir neça marotaba “prezident” deb atagan. Jurnalistning bunday kinoyali savol berişiga aynan şu holat sabab bölgan.

Noyabrda Bayden tibbiy körikdan ötişi vaqtida Harris 1 soat 35 daqiqaga prezident lavozimini vaqtinça bajargandi. Öşanda prezident Uolter Rid nomidagi tibbiy markazda har yilgi tibbiy körikdan ötgan. Şundan keyin u öz vazifalarini bajarişga qaytgan va jurnalistlarga körik “a’lo darajada” ötganini ma’lum qilgan.