Donald Tramp sobiq prezident Jo Baydenni Ukrainadagi uruşdan tortib AQŞdagi yuqori narxlargaça - duç kelgan barça narsada bir neça bor ayblagan edi. Ammo Tramp Oq uyga qaytganiga ikki yil ham tölmasdan, uning davridagi avtomobil yoqilğisining örtaça narxi ötmişdoşining tört yillik boşqaruvi davomidagi körsatkiçlardan oşib ketdi.
Tramp lavozimga kirişgan paytdan beri benzinning örtaça çakana narxi 1 gallon (3,78 litr) uçun 3,472 dollarni (1 litr uçun 0,92 dollar) taşkil etdi, Bayden davrida esa bu körsatkiç 3,471 dollarga teng bölgan edi. Bu haqda Reuters agentligi mamlakat böylab har kuni 120 mingta yoqilği quyiş şoxobçasidagi narxlarni kuzatib boruvçi AAA assotsiatsiyasi maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Amerika yoqilği quyiş şoxobçalaridagi joriy narxlar esa bir-biridan keskin farq qiladi. AAA maʼlumotlariga köra, butun mamlakat böyiça örtaça narx bir gallon uçun 4,266 dollarni taşkil etadi; eng qimmat benzin AQŞ ğarbidagi Kaliforniyada (5,996 dollar), eng arzoni esa şarqda - Şimoliy Karolinada (3,463 dollar) sotilmoqda.
Tramp davrida dizelning örtaça narxi Bayden davridagi körsatkiçlardan bundan ham avvalroq oşib ketgan edi va hozirda bir gallon uçun 4,343 dollarni taşkil etmoqda, avvalgi prezident davrida esa bu körsatkiç 4,078 dollarga teng bölgan. Joriy narxlar esa örtaça körsatkiçlardan bir yarim baravar yuqori: bir oy oldin AQŞ yoqilği quyiş şoxobçalarida dizel yoqilğisi narxi bir gallon uçun rekord darajadagi 6,523 dollarga yetgan edi.
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tufayli energetika inqirozi yuzaga kelgan bölsa-da, Bayden davrida yoqilği narxi bu yilgidek oşmagan edi. Xom neft keskin qimmatlaşganiga qaramay, benzin va dizel işlab çiqariş hamda yetkazib berişga heç narsa tösqinlik qilmadi. Hatto Yevropa Ittifoqi ham Rossiya yoqilğisi importiga embargoni faqatgina 2023-yil fevralidan boşlab joriy etdi.
2026-yilda esa, aksinça, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi hamda Eron tomonidan Hörmuz böğozining yopib qöyilişiga qaramay, xom neft narxi unçalik keskin oşmadi. Biroq Yaqin Şarq mamlakatlaridan neft mahsulotlari eksportining töxtatilişi jahon bozorida ularning narxi keskin kötarilib ketişiga olib keldi.
Yoqilği qimmatligi AQŞ Kongressiga bölib ötadigan oraliq saylovlar arafasida asosiy mavzulardan biriga aylandi. Bir hamla bilan Eronni yenga olmagan Tramp endi uruşni qanday tugatişni bilmayapti, narxlarni pasaytiriş uçun esa Rossiyadan dizel sotib olişga kelişdi. Bu qaror Kongress 2022-yilda qabul qilgan Rossiya energiya resurslariga embargo qöyiş töğrisidagi qonunga zid keladi. Şu bois Trampning qarori har ikki partiya vakillari va ekspertlar tomonidan keskin tanqidlarga uçradi - ustiga-ustak, bu çora Amerika bozorida dizel narxini pasaytirişga qodir emas.

















