Samarqand şahrida xotini bilan janjallaşib qolgaç, jahl ustida 1 yoşga tölmagan öğlini öldirgan erkakka hukm öqildi. Bu haqda “Yoşlar” telekanalining informatsion dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinişiça, Samarqand şahri Göröğli köçasida yaşovçi oilada er-xotin örtasida janjal kelib çiqqan. Ayol erining aytganini qilmagani uçun erkak qasd oliş maqsadida uning qölidagi 1 yoşga tölmagan bolani olib 2-3 marta boşi bilan yerga urgan. Oqibatda bola voqea joyida halok bölgan. Uning joni uzilganini körgan erkak voqea joyidan qoçib ketgan.
Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida ötkazilgan sud majlisida erkak öz aybiga iqror bölmagan. Uning onasi ham erkakning aybsizligini aytgan. Ammo guvohlar va jabrlanuvçining körsatmalari bir xil çiqqan va erkakning jinoyati tasdiqlangan. Şuningdek, dastlabki tergov harakatlarida erkak bolani qanday öldirganini sözlab bergan.
Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismining «v» va «j» bandlari bilan aybdor deb topgan. Unga 18 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.












