Turkiya va Qatar Kobul aeroportini boşqariş böyiça kelişuvga erişdi, deb xabar berdi Aksam gazetasi.

Avvalroq Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğlu Anqara va Doha "Tolibon" harakati vakillariga Afğonistonning beş aeroportini boşqariş böyiça hamkorlikdagi takliflarini taqdim etişini ma’lum qilgandi.

Kobul aeroportining uçiş-qöniş yölagi va terminallari 26 avgustda sodir etilgan terakt oqibatida qattiq zarar körgandi. Avgust oxiridan buyon Qatar va Turkiya mutaxassislari aeroport faoliyatini yuritişda yordam bermoqda.

4 sentyabr kuni Mozori Şarif, Qandahor va Hirot aeroportlaridan ilk samolyotlar parvoz qildi. Sentyabrning ikkinçi yarmidan boşlab Kobul aeroporti Eron, Pokiston va Saudiya Arabistonidan charter reyslarni qabul qilmoqda.