Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 dekabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari Ilhom Aliyevni 60 yoşlik yubileyi bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğlik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, birodar Ozarboyjon xalqiga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.
Yetakçilar Özbekiston-Ozarboyjon strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni körib çiqdi.
Savdo-iqtisodiy aloqalar ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotgani qayd etildi. Şu oyda Boku şahrida sanoat körgazmasi va işbilarmonlar kengaşining navbatdagi yiğilişi ötkazildi. Ikki tomonlama madaniy-gumanitar dastur doirasida faol almaşinuvlar davom etmoqda.
Davlat rahbarlari ustuvor tarmoq va yönalişlarda, şu jumladan maşinasozlik, energetika, qişloq xöjaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlik böyiça loyihalarni jadal ilgari suriş muhim ekanini qayd etdi.
Mintaqaviy siyosat hamda xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi. Bölajak tadbirlar rejasi körib çiqildi, deyiladi xabarda.












