25 dekabr kuni Qaşqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş böyiça “Uzbekistan GTL” zavodi oçiladi. Yangi zavod respublikaning neft mahsulotlariga, xususan, dizel yoqilğisi va kerosinga, şuningdek, suyultirilgan gazga bölgan içki ehtiyojini qoplaşga xizmat qiladi. Şuningdek, bu yerda işlab çiqarilayotgan yuqori sifatli mahsulotlarni eksport qiliş imkoniyati ham mavjud.
Kun.uz muxbiriga köra, ayni paytda prezident Şavkat Mirziyoyev yangi zavodga yetib bordi va rasmiy uçraşuvlar boşlandi.
“Endi bunday korxonalar faqat investitsiyalar bilan barpo etiladi.
Bu korxona işga tuşyapti, endi eng muhimi xalqimiz buning foydasini his qilsin. Şunça yil gaz sotdik, lekin manfaat körmadik. Bunday zavodlar bilan çuqur qayta işlaşni yölga qöyib, qöşimça qiymat yaratamiz”, deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Kun davomida bu yerda rasmiylar iştirokida zavodning taqdimot marosimi va badiiy keça bölib ötişi rejalaştirilgan.
Ma’lumot uçun, Qaşqadaryodagi yangi zavodning noyobligi şuki, u innovatsion va xalqaro standartlar asosida qurilgan bölib, bunday zavod dunyoning sanoqli davlatlari – Qatar, Nigeriya, JAR, Malayziyada mavjud. Özbekiston bu davlatlar qatoriga beşinçi bölib qöşilmoqda.












