Myanmaning Karen ştatidagi qişloqlardan biri yonida kamida 35 kişining yonib ketgan jasadi aniqlandi. “Karen milliy ittifoqi” qurollangan etnik guruhi uşbu qotilliklarda harbiylarni aybladi, deb xabar berdi Myanmar Now naşri.
Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor. Jasadlar 8ta yonib ketgan avtomobil va 5ta mototsikl yonida aniqlangan. Voqea joyida Save the children (Bolalarni asraylik) xalqaro xayriya taşkilotining 2 nafar xodimi bedarak yöqolgan. Taşkilot vakili yonib ketgan avtomobillar orasida uşbu xodimlarga tegişli avtomobil ham bölganini ma’lum qilgan.
“Save the Children myanmalik harbiylarning bu hujumini qoralaydi. 2 nafar xodimimiz qöşni qişloqda insonparvarlik yordamini körsatib, uylariga qaytayotganda hujum joyidan ötişgan va hamon ulardan darak yöq”, deb aytilgan taşkilot bayonotida.
Myanmada 1 fevralda harbiylar davlat töntaruvini amalga oşirib, mamlakat rahbariyatini hibsga olgandi. Şundan keyin harbiylarga qarşi boşlangan ommaviy noroziliklar hanuzgaça davom etib kelmoqda. Huquqni himoyalovçi taşkilotlar ma’lumotlariga köra, noroziliklar davomida 850dan köproq namoyişçi öldirilgan.












