Portlaş 31 may kuni Namxkam okrugidagi Kaungtup qişloğida sodir bölgan. Qutqaruvçilarning fikriça, binoda konçilik işlarida foydalaniladigan portlovçi moddalar saqlangan bölişi mumkin.
Portlaş oqibatida 46 kişi, jumladan, 6 nafar bola halok bölgan, 74 kişi şifoxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi Associated Press va The Washington Post qutqaruvçilarga asoslanib.
Yana bir qutqaruvçining ma’lumot berişiça, yaqin atrofdagi 100 dan ziyod uylarga ham zarar yetgan.
Hodisa sodir bölgan hudud Xitoy çegarasidan 3 km janubda joylaşgan bölib, u Taang milliy ozodlik armiyasi (TNLA) nazorati ostida.
TNLA bayonotiga köra, portlaşga konçilik işlari uçun möljallangan gelignit moddasi sabab bölgan.











