The Insider naşrining 10-avgust kuni xabar berişiça, Rossiyada Ukrainaga qarşi uruşda halok bölgan harbiylarning qabrlarini suratga oliş va uşbu materiallarni boşqalarga yuboriş bilan boğliq holatlar davlatga xiyonat sifatida tergov qilina boşlagan.
Xususan, 7-avgust kuni Yaroslavl viloyat sudiga şaharning 48 yoşli fuqarosiga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi kelib tuşgan.
Ayblov versiyasiga köra, u 2024-yil oktyabridan boşlab qabristonga «muntazam ravişda borib», Rossiya harbiylarining qabrlarini yaşirinça foto va videoga olgan. Tergov iddaosiça, keyinçalik uşbu materiallar Ukraina maxsus xizmatlari vakillariga yuborilgan.
Tomsk viloyatida ham iyun oyi oxirida bir neça kişi davlatga xiyonat qilişda gumonlanib uşlangan.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati versiyasiga köra, ular Ukraina maxsus xizmatlarining topşiriği bilan pul evaziga Rossiya harbiylari, jumladan halok bölgan harbiylar haqida ma’lumot töplagan.
Sverdlovsk viloyatida esa harbiylar qabrlarini suratga olgan şaxslar uşlangani va qabristonlarda nazorat kuçaytirilgani xabar qilinmoqda.
«Mediazona» nomi bilan takliflar tarqatilgan
Avvalroq «Mediazona» naşri noma’lum şaxslar tahririyat nomidan odamlarga harbiylarning qabrlarini suratga oliş evaziga pul taklif qilayotgani haqida ogohlantirgan edi.
Naşr bu takliflarga aloqasi yöqligini bildirgan. «Mediazona» ma’lumotiga köra, bunday harakatlar ortida ukrainalik firibgarlar turgan bölişi mumkin.
Naşr muharriri Dmitriy Treşçaninning aytişiça, noma’lum şaxslar bir neça bor tahririyatning öziga ham Rossiyaning halok bölgan harbiylari haqida hali e’lon qilinmagan ma’lumotlar bazasini sotib oliş taklifi bilan çiqqan.
Treşçanin «Mediazona» Rossiya armiyasining yöqotişlarini hisoblab borayotganini va avval öquvçilar hamda köngillilardan qabristonlardagi suratlarni yuborişni söraganini tasdiqlagan. Biroq vaziyat özgargani sababli naşr hozir odamlarga bunday suratlarni olişni tavsiya qilmayotganini bildirgan.
The Insider şu örinda bunday holatlarda «buyurtmaçi» sifatida Rossiya kuç tuzilmalari xodimlari ham harakat qilişi mumkinligi ehtimolini tilga olgan.








