Uzbekistan Airports xabariga köra, kuçli tuman tufayli – köriş masofasi 50 metrga yaqin – «Ural» aviakompaniyasining Qozondan parvoz qilgan SVR2161 reysi soat 08:48 da Namanganga qöna olmadi va Toşkentdagi zaxira aerodromga jönab ketdi.

Yana bir - HY9620 reysi ham noqulay ob-havo şaroiti tufayli Namanganga qöna olmadi va Farğonadagi zaxira aerodromga jönab ketdi.

Andijon aeroportida ham xuddi şunday holat. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskvadan uçgan HY-622/621 reysi soat 10:45 da belgilangan aeroportga qöna olmay, Farğonadagi zaxira aerodromga jönatildi. 

Meteorologiya xizmati prognozlariga köra, uşbu aeroportlar ob-havo şaroiti tufayli taxminan soat 14:00 gaça yopiladi. Rejalaştirilgan barça reyslar eng yaqin zaxira aerodromlarga yönaltiriladi.