Samarqanddagi xalq tilida «Xavasi» deb ataluvçi şifoxona Qorasuv mavzesiga köçirilgaç, uning örniga viloyat köp tarmoqli şifoxonasi köçib boradi. Viloyatda xususiy tibbiyot muassasalari soni 60taga oşib, 612taga yetgan. Bu haqda ommaviy axborot vositalari xodimlari uçun ötkazilgan matbuot anjumanida Samarqand viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Davronbek Jumaniyozov ma’lum qildi.

Boşqarma boşliğining sözlariga köra, 2015-2016 yillarda tibbiyot muassasalari soni qisqartirilganda yopilgan 11-oilaviy poliklinika faoliyati qayta tiklangan va Samarqand şahrida poliklinikalar soni 12taga yetgan.

«Lekin bu şahar aholisi uçun yetarli emas. 1ta oilaviy poliklinika 30–35 ming aholini qamrab olişi belgilangani holda, masalan, şahardagi 2-oilaviy poliklinika 80 ming aholiga xizmat körsatmoqda.

Bu hol oilaviy poliklinikalar sonini oşirişni taqozo etadi. 2026 yilgaça Samarqand şahrida yana 4 ta yangi oilaviy poliklinika qurib foydalanişga topşiriladi va ularning soni 16 taga yetkaziladi», — dedi boşqarma boşliği.

Viloyatda birlamçi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini takomillaştiriş maqsadida 6 ta oilaviy şifokorlik punkti va 5 ta oilaviy poliklinika oçilgan. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş maqsadida 43 ta oilaviy poliklinika 5,1 mlrd sömlik EKG va UTT apparatlari bilan jihozlandi.

Ayni paytda viloyatda patronajlik tizimidan voz keçilgan. Ularning örniga viloyatdagi 1105 ta mahallaga tibbiy brigadalar biriktirilgan, «mahallabay» işlaş tizimi joriy qilingan.

«Aholi tört toifaga bölingan: soğlomlar, soğlom turmuş tarziga amal qilmaydiganlar, bemorlar va yotib qolgan hamda doimiy parvarişga muhtoj nogironlar va oğir bemorlar. Sönggilari aholining 30–33 foizini taşkil qiladi. Tibbiy brigadalar kasallar va yordamga muhtojlar holidan muntazam xabar olib, kasallikka uçramagan soğlom insonlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş bilan şuğullanişadi», — dedi D.Jumaniyozov.

Viloyatda çuqurlaştirilgan tibbiy körik örniga maqsadli skrining usulidan foydalanilmoqda. Onkologiya, endokrinologiya va kardiologiya kasalliklarini aniqlaş uçun kolposkom, UTT va boşqa uskunalar bilan jihozlangan 3 ta avtobus — mobil poliklinika faoliyati yölga qöyildi.

Viloyatda onkologik, travmatologik kasalliklarni davolaş borasida ham qator yangilanişlar amalga oşirildi. Onkologik kasalliklarni davolaşga möljallangan viloyat şifoxonasida 20 yildan beri nur terapiyasi uskunasi işlamas edi. Ayni paytda 2 million yevroga 2 ta içki va taşqi nur terapiyasi apparati keltirib örnatilgan.

Şu şifoxonaga qöşni 3-sonli tuğuruq majmuasi Panjakent köçasidagi sobiq kollej binosiga köçirilişi, tuğuruq majmuasi binolari onkologiya şifoxonasiga berilişi belgilangan. Rejada esa onkologiya kasalliklarini davolaş va operatsiya qiliş böyiça Moskvadagi yetakçi klinikalar bilan hamkorlikni yölga qöyiş belgilab olingan.

Viloyatda 12 ta respublika ixtisoslaştirilgan markazlari filiallari faoliyati yölga qöyilib, xorijiy davlatlarda faoliyat olib borayotgan 36 nafar yetuk va malakali mutaxassislar mazkur filiallarda işlaş uçun qaytarildi.

Kardiologiya markaziga 30 mlrd sömlik 48 turdagi zamonaviy tibbiy jihozlar örnatildi va markazga xorijda faoliyat olib borgan 19 nafar vatandoşlar işga olindi. Joriy yilda markazda 3 mingdan ortiq oçiq va 6 mingdan ziyod bemorlarning yuragida yopiq murakkab jarrohlik amaliyotlari ötkazildi. Şu jumladan, bolalarda 1000 dan ortiq yurakda oçiq operatsiyalari ötkazildi.

Ayni paytda Urgut va Iştixon tumanlarida kardiologik kasalliklarni davolaş uçun yangi şifoxonalar korpuslari qurilib, yurakka stend örnatiş kabi operatsiyalar tumanlarda ham amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

D.Jumaniyozovning ta’kidlaşiça, 2021 yilda kardiologiya kasalliklarini davolovçi 13 mutaxassis tayyorlanmoqda. 2023 yilda bunday mutaxassislarni tayyorlaş kardiologiya markazining özida yölga qöyiladi.

2021 yil davomida viloyat bolalar köp tarmoqli şifoxonasida qöşni viloyatlardan 14 ming bola davolangani sanab ötildi. Viloyatda kardioxirurgiya, gematologiya, bolalar uçun gemodializ, bolalar neyroxirurgiyasi, çaqaloqlar xirurgiyasi, çaqaloqlar reanimatsiyasi böyiça xizmatlar yölga qöyilgan.

Viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida Vohidov nomidagi Respublika xirurgiya markazining filiali oçilib, ilk bor 10 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli ötkazildi. Kelgusida bu borada turkiyalik mutaxassislar bilan ham hamkorlik yölga qöyiladi. 4 nafar mutaxassis malaka va tajriba oşiriş uçun Turkiyaga yuboriladi.

Buyrak yetişmovçiligi bilan aziyat çekayotgan bemorlar uçun gemodializ muassasalari soni 2 tadan 5 taga köpaytirildi. Şundan 2 tasi hududlarda (Kattaqörğon va Urgut şaharlarida) taşkil etilgan.

Viloyatda xususiy tibbiyot muassasalari soni ötgan yilgiga nisbatan 60 taga oşdi, ya’ni 550 tadan 612 taga köpaydi.

Viloyat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik ta’minotini yaxşilaş uçun 2021 yilda 334,9 mlrd söm mablağ ajratildi. Dori-darmonga ajratilayotgan mablağlar miqdori 107,5 mlrd sömni taşkil qildi.

Anjuman söngida D.Jumaniyozov muxbirlarning savollariga javob berdi.

Jumladan, Kun.uz muxbirining elektron poliklinika tizimi joriy etilişi nega paysalga solinayotgani haqidagi savoliga boşqarma boşliği ayni paytda kadrlar va moddiy-texnika bazasi yetişmasligi, bu tizimni samarali yölga qöyiş uçun 8000 ta kompyuter, şunga yaraşa IT mutaxassisli hamşiralar, işonçli tarmoq va ma’lumotlar bazasi zarurligini ta’kidlab ötdi.

Internet tarmoqlarida tarqalgan, boşqarma boşliği D.Jumaniyozov boş vraçlikka işga qöyiş uçun şifokordan 80 ming AQŞ dollari miqdoridagi pora bilan qölga tuşganligi haqidagi xabarlar yuzasidan ham tuşuntiriş berdi.

«Albatta, bu tuhmat. Boş vraçlarni men tayinlamayman. Viloyatdagi respublika ilmiy markazlar filiallari boşliqlari vazirlik tomonidan tayinlanadi. TTB boşliqlari esa Agros tizimi orqali tanlov qilib olinadi va men işga oliniş haqidagi buyruqqa imzo çekaman xolos.

Meni oğir jinoyat sodir etganlikda ayblab, yolğon axborot tarqatgan blogerlarning barçasi ustidan tegişli organlarga arz qilganmiz. Ularga nisbatan suriştiruv işlari olib borilmoqda», — dedi D.Jumaniyozov.

Şuhrat Şokirjonov, Kun.uz muxbiri