Uzbekistan Airports xabariga köra, Urganç aeroportida quyuq tuman sababli köriş masofasi 200 metrga tuşib ketgan. Natijada, Moskvadan parvoz qilişi lozim bölgan, «Aeroflot» aviakompaniyasining AFL1976 reysi Şeremetevo aeroportidan soat 03:25 da uçib keta olmadi.

Yana ikkita reys bilan ham xuddi şunday vaziyat kuzatildi: «S7 Airlines» aviakompaniyasining SBI6481 Samara - Urganç reysi soat 04:35 da, «Ural» aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan SVR2473 reysi soat 03:30 da parvoz qilişi kerak edi, ammo reyslar keçiktirildi.

Ayni damda samolyotlar Urgançda ob-havo yaxşilangunga qadar jönab ketuvçi aeroportlarda turibdi. 

Quyuq tuman, köriş masofasi 200 metrga tuşib ketişi tufayli Nukus aeroporti faoliyati ham çeklandi. UzAirways’ning HY15/16 va HY11/12 reyslari Toşkentda parvozga ruxsat berilişini kutmoqda. Soat 11:30 da havoga kötarilişi kerak bölgan Nukus-Aqtau yönalişi böyiça HY9727/9728 reysi ham keçiktirildi.