Uzbekistan Airports xabariga köra, Namangan aeroportida quyuq tuman tufayli – köriş masofasi 150 metrga yaqin – «Aeroflot» aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan uçgan AFL602 reysi soat 07:05 da belgilangan aeroportga qöna olmadi va Toşkentdagi zaxira aerodromga jönab ketdi. Ayni damda aviakompaniya yölovçilarni oziq-ovqat va mehmonxona bilan ta’minlagan. Toşkentdan Namanganga parvoz mahalliy vaqt bilan soat 18:40 ga belgilangan.

Şuningdek, ob-havo şaroiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toşkent – Namangan – Novosibirsk yönalişidagi navbatdagi HY3669/69 reysining mahalliy vaqt bilan soat 10:35 da Namanganga yetib kelişi kerak bölgan parvozi keçiktirildi. Hozirda bort Toşkentda turibdi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, Toşkentdan uçiş soat 13:35 ga belgilangan.

Ertalab quyuq tuman yana ikkita – Andijon (köriş masofasi 400 metrga yaqin) va Navoiy (köriş masofasi 50 metrga yaqin) aeroportlarida kuzatildi. Bu vaqtda, reyslar jadvaliga köra, uşbu aeroportlarda parvozlar amalga oşirilmagan. Hozirgi vaqtga kelib tuman deyarli tarqaldi, aeroportlar parvozlarni qabul qilişga tayyor.