Xabarda yozilişiça, 2021 yil 3 yanvar kuni soat 17:30 larda Samarqand şahrida yaşovçi 75 yoşli M.R.ning (1947 yilda tuğilgan) jasadi uyining yotoqxonasida qotillik alomatlari bilan topilgan.

Hodisa joyiga viloyat prokurori birinçi örinbosari H.Qobilov, viloyat prokurori örinbosari S.Fayziyev, şahar prokurori örinbosari B.Norboyev, viloyat IIB boşliğining birinçi örinbosari S.Abduhamidov, IIO FMB EKB, STe ekspertlari va boşqa tezkor-tergov guruhi a’zolari çiqişgan.

Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialining dastlabki ma’lumotiga köra, marhuma M.R.ni boşining peşona örta va öng tomon sohalarida kökargan qontalaş şiş, çap qoşida yara, burni, ikkala köz atrofi, böyin, öng va çap qöl sohalarida qontalaş hamda şilinişlardan iborat tan jarohatlari mavjudligi körsatilgan.

Voqea joyida qöl barmoq izlari, qonga öxşaş doğlari va soç tolalari bölgan bir dona şişa bokal, 3 dona qonga öxşaş doğlardan namunalar, 12 turdagi sarğiş tilla rangli metalldan yasalgan taqinçoqlar xolislar iştirokida aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida uşbu qotillik jinoyatini marhumaning uyiga mehmonga kelgan 16 yoşli S.T. qilganligi aniqlangan.

Dastlabki suriştiruvlarda, S.T. 3 yanvar kuni soat 14:00 larda M.R. bilan uyali telefon ustida kelib çiqqan janjal paytida yotoqxonada bölgan şişa bokal bilan ayolning boş qismiga 3 marotaba zarb bilan urgani, söng qöllari bilan uni böğib öldirgan va hodisa joyidan yaşiringani aniqlangan.

Qayd etilişiça, jinoyat işi böyiça voyaga yetmagan S.T. himoyaçi hamda pedagog-psixolog iştirokida Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida uşlangan.