Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Qozoğistonda notinçlik keltirib çiqargan taşqi kuçlarning nazari Özbekistonga qaratilganini aytgandi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Özbekiston va Belarusning bu mavzudagi muloqotlarida Rossiya qatnaşmayotganini aytdi.
“Bu – Minsk va Toşkent örtasida muhokama qilinadigan mavzu, biz bu rakursda mazkur muloqotlarda qatnaşmaymiz”, – dedi Kreml sözçisi rus jurnalistlarining savoliga javoban.
Eslatib ötamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko KXŞTning 10 yanvar kungi sammitida Qozoğistondagi voqealardan birinçi navbatda Özbekiston öziga saboq çiqarişi kerakligini iddao qilgandi.
“Qozoğistondagi vaziyatdan, avvalo, Özbekiston huşyor bölişi kerak, aks holda, bizdagi ma’lumotlarga köra, töpolon taşkilotçilarining nigohi, jumladan, Özbekistonga qaratilgan”, deya ogohlantirdi u.
Faol özbek jamoatçiligi Belarus rahbarining bu sözlarini Özbekistonni KXŞTga a’zo bölişi uçun qilinayotgan navbatdagi bosim sifatida körmoqda.
Özbekiston qonunlariga köra, mamlakat harbiy-siyosiy bloklarga qöşilmaydi. Rasmiylar mazkur pozitsiyasini xalqaro doirada ham bir neça bor ta’kidlab keladi.












