12 yanvar kuni maktabda bir neça sinflarda öquvçilar töplangani, öqituvçilar tomonidan maşğulot ötilayotgani guvohi böldik. Ba’zi sinflarda 1 nafar öquvçi ötirgan bölsa, ba’zilarida önlab öquvçilar töplangan. Ularning söziga qaraganda, qöşimça maşğulotlar uçun kuniga 5 ming sömdan tölanmoqda, unda iştirok etiş ixtiyoriy.

Ismi-şarifi sir qolişini istagan ota-onalardan birining sözlariga köra, maktabda özlaştirişi past bölgan öquvçilar uçun kuniga 5 ming sömdan qöşimça repetitorlik taşkil qilingan. Maşğulotlar şu maktab öqituvçilari tomonidan ötkazilyapti.
«Har bir sinfda me’yordan ortiq ravişda 35-37 öquvçi ta’lim olyapti. Oqibatda bilim olişda orqada qoliş kuçaymoqda, çunki öqituvçi har bir öquvçi bilan batafsil şuğullanişi uçun imkon qolmayapti. Özlaştiriş darajasi pastligi sababi ham şunda», deb hisoblamoqda ota-onalardan biri.

Direktor Ilmira Kabulova maktab binosida qöşimça maşğulotlar ötkazilayotganidan bexabar ekanini, ammo bu mumkin emasligi haqida öqituvçilarni ogohlantirganini ma’lum qildi.
«Qöşimça maşğulotlar ötkazilayotganidan bexabarman. Bu mumkin emasligi haqida öqituvçilarni 2 marta ogohlantirganman.
Maktab binosida pullik repetitorlik ham mumkin emas. Agar pul evaziga qöşimça maşğulot ötkazişmoqçi bölsa, şaxsiy tarzda, boşqa joyda şuğullanişlari mumkin. Bu öqituvçilarning şaxsiy işi, bunda soliq idoralaridan röyxatdan ötib, qöşimça daromadlari haqida deklaratsiya töldirişi kerak», - dedi Ilmira Kabulova.
Avvalroq, Xalq ta’limi vazirligi qişki ta’til kunlari tugagunga qadar öquvçilarni bevosita maktablardagi tögaraklar va har qanday tadbirlarga jalb etiş taqiqlanişi, öqituvçilar maktabda Milliy öquv dasturlari asosida malaka oşiriş kurslarida qatnaşişi haqida xabar bergan edi.
Nurmuhammad Said












