Yangiliklarni joriy etiş böyiça barça körsatmalar faqat yuqoridan kelmoqda. Mutasaddilar joylarga çiqib, yiğiliş yoki uçraşuvlar ötkazganda, turli topşiriqlar beriş bilan kifoyalanmoqda.

Mahalla raisi sifatida ikki yarim yillik iş faoliyatim davomida Toşkentdan kelgan mahalla tizimi mutasaddilari biror marta töplanganlarga «qanday muammolar sizlarni qiynamoqda, tizimda bölayotgan özgarişlarga munosabatlaring qanday, nima qilsak mahalla nufuzini yanada oşiriş va uni aholiga yaqinlaştiriş mumkin», deya murojaat qilganini eşitganim yöq.

Özini oqlamagan tajribalar

Ulardan biri Samarqandda ötkazildi. Samarqand viloyati tuman (şahar) hokimliklari tuzilmasida 2021 yil 1 iyundan boşlab «mahallabay» işlaş tizimi eksperiment tariqasida joriy etilgan edi. Davlat muassasasi şaklida «mahallabay» işlaş markazlari taşkil qilinib, har uçta mahallaga bittadan mahallabay işlaş inspektorlari biriktirildi.

Markazlarning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari aniq belgilab berildi:

  • aholi bandligini ta’minlaş va doimiy daromad manbayini yaratiş orqali kambağallikni qisqartiriş çoralarini köriş;
  • tadbirkorlikni rivojlantirişga kömaklaşiş hamda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş;
  • tadbirkorlik qiliş istagida bölgan fuqarolarga, kredit hamda subsidiyalar olişda hamda zamonaviy asbob-uskunalar va mini-texnologiyalar topişda kömaklaşiş;
  • mahalladagi infratuzilma bilan boğliq muammolarni hal etiş çoralarini köriş hamda xorijda mehnat faoliyatini yuritiş va malaka oşiriş istagini bildirgan fuqarolar bilan işlaş.

Samarqand şahrida taşkil etilgan markazda 80 nafarga yaqin fuqaro işga olindi. Ulardan 72 nafari inspektor, qolgani markaz rahbar xodimlari. Afsuski, mahallalar ularning nima iş qilganidan bexabar qolişdi.

Yuqorida sanab ötilgan vazifalardan qaysilari bajarildi? Inspektor öziga biriktirilgan uç mahallaga neça martadan bordi va mahallaga qanday foydasi tegdi?

Masalan, mahallamizga biriktirilgan inspektor köpi bilan ikki yo uç marta kelgan va bir-ikkita ma’lumot söragan edi. Ammo aniq bir iş qilgan emas. Boşqa köplab mahalla raislaridan söraganimda ham, inspektorlar heç qanday karomat körsatmaganligini uqtirişmoqda.

Şunday ekan, eksperiment tariqasida joriy etilgan mahallabay işlaş tizimi özini oqladi, deb böladimi? Budjetdan, ya’ni xalqimiz boyligi hisobidan maoş uçun ketgan mablağning uvoli yöqmi?

Mahallabay işlovçi hokim yordamçilari

Endi 1 yanvardan boşlab mahallabay işlaş tizimi tubdan özgaradigan böldi. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça tuman (şahar) hokimi yordamçilari lavozimi joriy etildi.

Hokim yordamçilari zimmasiga mahallada mavjud iqtisodiy vazifalarni yeçiş, mahallada tadbirkorlik sub’yektlarini köproq taşkil qiliş, mahallada işsiz bölgan fuqarolarni kasb-hunarga öqitiş, mahalla hududida mavjud böş turgan binolardan maqsadli foydalaniş böyiça tegişli idoralar bilan birgalikda zarur çora-tadbirlarni belgilaş, mahalladagi ijtimoiy holatni örganib, mavjud muammolarni bartaraf etiş yuzasidan zarur çoralarni köriş kabi qator vazifalar yuklatilgan.

Hokim yordamçilari hamda vakolatli davlat organlari va taşkilotlarining faoliyatini muvofiqlaştiriş maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzurida Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi, tuman (şahar)larda Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş markazlari taşkil etildi.

Uşbu lavozimni joriy etiş zamirida katta ma’no yotibdi. Mahallalardagi iqtisodiy masalalarni yeçiş va aholini kambağallikdan çiqariş uçun kattagina mablağ ajratiladi. Mablağni tasarruf qiliş va boşqa iqtisodiy hamda moliyaviy muammolarni malakali yeçiş uçun mutaxassis jalb etilmoqda. Ammo...

Har bir şaxsning öz zimmasidagi vazifalarni samarali bajarişi uçun, u rahbar böladimi yo oddiy xodimmi, unga kuçli motivatsiya lozim. Bank, soliq yo moliya tizimi sohasida bölim boşliği lavozimida işlayotgan şaxs uzoq mahallaga uyma-uy yurib, fuqarolar muammosini hal etiş uçun qanday motivatsiyaga ega bölişi lozim? Uşbu lavozimga tayinlaşda bunçalik şoşilmasdan, har bir mahalladan moliya yoki iqtisod sohasida işlayotgan yo işlab yaqinda pensiyaga çiqqanlar bor-yöqligini aniqlab, şunga muvofiq hokim yordamçilarini tanlab olsa bölmasmidi?

Davlatimiz rahbarining «Mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş böyiça davlat siyosatining ustuvor yönalişlari töğrisida»gi 2021 yil 3 dekabrdagi farmonida hokim yordamçilari lavozimiga oliy ma’lumoti bölmaganlar ham işlaşi mumkinligi belgilangan-ku?

Xuddi şunday, mahallalarda Yoşlar agentligi vakili lavozimi joriy etildi. Nomzodlar bilan mahalla raisi iştirokida jiddiy suhbat ötkazildi. Ammo ayrim hollarda mahalla taklif etgan nomzodlar qolib ketib, mahallani bilmaydiganlar tanlab olinibdi.

Biz Boğimaydon mahallamizdan uç nafar nomzod röyxatini yuborgan edik. Ulardan biri suhbatdan ötgan edi. Keyinçalik ma’lum sabablarga köra uni almaştirişdi. Negadir bizni, ya’ni mahallani xabardor qilmasdan boşqa vakil tayinlaşdi. Şunga ham 10 kundan oşdi. Ammo u kimligini bilmaymiz. Bizning mutasaddilarga qilgan murojaatimiz natijasiz qolmoqda.

Birovni tayinlaşdan oldin mahallaning özida loyiq nomzod borligini söraş kerak emasmidi?!

Öz-özidan haqli savol tuğiladi: Yoşlar yetakçisi özi bilmagan mahalla yoşlarini öz orqasidan yetaklay oladimi? Balki u yaxşi taşkilotçidir. Lekin mahalla yoşlarini, ularning muammosini bilmagan yetakçi qanday qilib öz vazifasini uddalaydi? U muammoli yoşlar bilan qanday işlaydi?

Meni töğri tuşunişlarini istardim: bu qandaydir mahdudlik nişonasi yoki mahalliyçilik emas. Bu jamiyatimiz manfaati yölida prezident örtaga taşlagan taşabbusning samarali ijrosini ta’minlaş uçun qayğurişdir. Axir davlatimiz rahbarining taşabbusi mahalla yoşlari muammosini hal qiliş uçun qaratilgan emasmi?

Xarajatlarimiz

Mahalla fuqarolar yiğinlari davlat idoralari zimmasidagi köplab yumuşlarni bajarib kelmoqda hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yeçişda ularga kömaklaşmoqda. Şunga qaramasdan, mahalla fuqarolar yiğinlari faoliyatini taşkil etişga lozim böladigan sarf-xarajatlarni mahalla oqsoqollarining özlari topişga majbur bölmoqda. Bular, kommunal tölovlardan taşqari, yana internetdan foydalaniş uçun lozim bölgan hamda idora aşyolari sotib olişga kerak mablağni öz içiga oladi.

Iş uçun oq qoğoz va turli idora aşyolari kerak böladi. Bir yilda bir marta ikki paçka qoğoz, beş-oltita ruçka, qalam kabi aşyolar berilmoqda. Ammo bular yil davomida işlatiş uçun yetarli emas. Özimiz yana qoğoz va boşqa aşyolarni sotib olyapmiz.

Endilikda bu yönalişdagi vaziyat özgarayotgani diqqatga sazovor. 2021 yilning 17 oktyabrida e’lon qilingan «Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoniga muvofiq fuqarolarning özini özi boşqariş organlarini saqlaş bilan boğliq xarajatlar tegişli mahalliy budjet mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.

Moliya vazirligiga 2021 yilda barça mahalla fuqarolar yiğinlariga zarur kanselyariya tovarlari xaridi uçun 9,2 milliard söm mablağ ajratiş hamda 2022 yildan boşlab uşbu maqsadlar uçun zarur mablağlar Davlat budjeti parametrlarida közda tutiş vazifasi yuklatildi.

Natijada, ötgan yil dekabr oyining oxirlarida şahar mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimidan har bir mahallaga idora aşyolari berildi. Bu gal mahallalar olgan aşyolar avvallari şahar hokimligi beradiganidan ança köp edi.

Ammo kommunal tölovlar va internetdan foydalaniş uçun qilinayotgan xarajatlar nima böladi? Ötgan yili şahar hokimligidan ikki-uç marta «mahallaning kommunal tölovlardan qarzi bölsa aytinglar, tölab beramiz», degan mazmunda nomalar olgan edik. Ammo uşbu tölovlarni oldindan amalga oşiriş kerakligini hamma biladi-ku?

Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari buxgalteriyasi mahalliy hokimliklar buxgalteriyasidan ajralib, mustaqil bölgani tufayli balki endi bu borada ham vaziyat yaxşi tomonga özgarar?

Mahalla xodimlari tomonidan köp marta kötarilgan va turli tuşunmovçiliklar-u gap-sözlarga sabab bölayotgan yana bir muammo bor. Gap mahalla xodimlariga tölanişi lozim bölgan 30 foizlik ustama ustida ketmoqda.

Bunday ustama tölaş Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF–5938-sonli farmonida közga tutilgan edi. Ayrim hududlarda, jumladan Samarqand viloyatining qator tumanlarida bu ustama tölab berilgan. Ammo Samarqand şahri va bir qator tumanlarda bu iş paysalga solinib kelinmoqda. Farmon ijrosini bajariş mahalliy hokimliklar rahbarlari xohiş-irodasiga boğliq bölib qolganmi?

(Davomi bor)

Toşpölat Rahmatullayev,

Samarqand şahar «Boğimaydon» MFY raisi.