12 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlaniş agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazildi.

Rasmiy relizga köra, Özbekistonda 2021 yilda jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8,1 milliard dollar töğridan töğri xorijiy investitsiya özlaştirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyiha amalga oşirilib, 273 mingdan ortiq iş örni taşkil etilgan.

Yangi korxonalar jami 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import örnini töldiriş imkoniyatiga ega.

Ta’kidlanişiça, koronavirus pandemiyasi iqtisodiy jarayonlarga hamon jiddiy ta’sir ötkazayotganiga qaramay, eksportda izçil ösişga erişilmoqda. Xususan, 2020 yilda mamlakatda eksport miqdori 9 milliard dollardan oşgan bölsa, 2021 yilda 12 milliard dollarni taşkil etgan. E’tiborlisi, bunda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar uluşi sezilarli köpaygan.

2022 yilda 9,5 milliard dollardan ziyod töğridan töğri xorijiy sarmoyalarni özlaştiriş, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalarni işga tuşiriş möljallangan. Eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkaziş hisob-kitob qilingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yiğilişda mutasaddilar uşbu körsatkiçlarni tarmoq va hududlar kesimida ta’minlaş çora-tadbirlari böyiça axborot berdi.

Davlat rahbari har bir investitsiya loyihasini doimiy nazoratga olib, taşabbuskorlarga kömaklaşiş va öz vaqtida işga tuşiriş böyiça topşiriqlar berdi.

Turizm, tibbiyot va maşinasozlik tarmoqlari, hududlardan Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy va Xorazm viloyatlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş darajasi pastligi körsatib ötildi. Şu bois ular böyiça alohida dasturlar işlab çiqib, qöşimça sarmoyalar yönaltiriş vazifasi qöyildi.

Şavkat Mirziyoyev işlab çiqarişni va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş masalasiga ham e’tibor qaratdi. Mahalliy mahsulotlar turini köpaytiriş, bu borada tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Topşiriqqa köra, Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan tovarlarni özlaştirgan mahalliy korxonalar mahsulotlari kafolatli xarid qilinadi. Bu jarayonga hokim yordamçilarini ham jalb etiş muhimligi aytildi.

Aholi turmuş sifatiga bevosita ta’sir körsatadigan ta’lim, tibbiyot, suv ta’minoti, yöl va boşqa infratuzilma loyihalarini amalga oşirişda şaffoflikni ta’minlaş va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi.

Soğliqni saqlaş sohasi, Orolböyi mintaqasi uçun trast fondi kabi ijtimoiy muhim yönalişlarga xorijiy grantlar jalb qiliş muhimligi aytildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş masalasiga ham töxtalib ötildi. Prezident matbuot xizmati xabarida bu boradagi tafsilotlar keltirilmagan.

Ma’lum qilinişiça, Şavkat Mirziyoyev prezident saylovi oldidan xalq bilan uçraşuvlarda har bir tumanda loyiha guruhlari va xolding kompaniyalari taşkil etilişini aytgan. Yiğilişda şu tizimni joriy etiş borasida qilinayotgan işlar taqdimoti ham ötkazildi.

Prezident loyiha guruhlari mutaxassislarini bir tizim va metodologiya asosida işlaşga öqitiş kerakligini aytdi.

Yiğilişda eksport masalasi ham tahlil qilindi. Bu boradagi prognozlarni bajariş uçun sanoatga alohida ahamiyat qaratiş, qöşimça imkoniyatlarni işga soliş zarurligi qayd etildi.

Ma’lumki, prezidentning 2021 yil 19 iyuldagi farmoniga muvofiq, Strategik rivojlaniş agentligi taşkil etilgan edi. Bu agentlikka investitsiyalarni jalb etiş va loyihalarni amalga oşirişning strategik masalalarini örganiş, investitsiya faoliyatining istiqbolli yönalişlarini aniqlaş, xalqaro tajriba asosida iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qiliş va hududlarning investitsiya salohiyatini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqiş kabi köplab vazifalar yuklatilgan.

Yiğilişda mazkur agentlikning tuzilmasi, şu kungaça qilingan işlar va joriy yilgi rejalar haqida axborot berildi.

Aytilişiça, bugungi kunda agentlik boşqarmalari şakllantirilgan, ularga yetakçi xorijiy universitetlarda öqigan, taşabbuskor va bilimli mutaxassislar jamlangan.

Agentlikning bu yilgi rejasi 18 ta muhim tadbirdan iborat. Investitsiya loyihalarini ilgari surişning yangi mexanizmini joriy etiş, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş orqali investitsiya muhitini yaxşilaş, investitsiya muhiti böyiça hududlar reytingini yölga qöyiş, tadbirkorlarning tizimli muammolarini aniqlaş va hal qiliş böyiça onlayn platformani işga tuşiriş, Jahon banki bilan birgalikda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş strategiyasini işlab çiqiş şular jumlasidan.

“Bu agentlik investitsiya hajmini kengaytiriş va eksport salohiyatini oşirişga zamin yaratadi. Şu bois, hudud va tarmoqlarni strategik rivojlantiriş böyiça “yöl xaritasi” işlab çiqiş, bunga xorijdan malakali mutaxassis va maslahatçilarni ham jalb qiliş kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Strategik rivojlantiriş böyiça metodologiya yaratib, uni har bir hudud va tarmoqda joriy qiliş böyiça aniq vazifalar belgilab berildi.