Şavkat Mirziyoyev raisligida 13 yanvar kuni Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötmoqda.
Davlat rahbari yiğilganlarni, Qurolli Kuçlar safida xizmat qilayotgan harbiylar va soha faxriylarini bayram bilan tabriklagan.
«Vatan himoyaçilari kuni arafasida Qurolli Kuçlarimiz va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyati samaradorligini tahliliy körib çiqiş va kelgusidagi dolzarb vazifalarni belgilab oliş yaxşi an’anaga aylangan.
Uşbu majlis uluğ sana — Özbekiston Qurolli Kuçlari taşkil etilganining şonli 30 yilligi arafasida ötkazilmoqda», deydi prezident.
Davlat rahbari islohotlar natijasida mamlakat xavfsizligi va xalq osoyiştaligini ta’minlaşga qodir bölgan, har tomonlama zamonaviy qurollangan, qudratli armiya şakllanayotganini ma’lum qilgan.
«Biz 2016 yilda Qurolli Kuçlarimiz faoliyatini çuqur örgangan holda, harbiy qurilişning barça yönalişlari böyiça muhim qarorlar qabul qildik. Va beş yillik istiqbolga möljallangan, keçiktirib bölmaydigan kompleks çoralarni kördik.
Aniq maqsadga qaratilgan ana şunday işlar natijasida, armiyamiz qiyofasi ham, harbiy xizmatning ma’no-mazmuni ham tubdan özgarmoqda. Qöşinlarning jangovar şayligi va tayyorgarlik darajasi keskin oşmoqda», degan Mirziyoyev.

Prezident qöşni Qozoğistonda röy bergan namoyişlar va tartibsizliklarga ham töxtalib ötgan.
«Sönggi kunlarda biz uçun yaqin qöşni va qardoş bölgan Qozoğiston Respublikasida sodir bölgan voqealar hammamizni jiddiy taşvişga soldi.
Biz ming yillar davomida qozoq xalqi bilan yaqin qöşni bölib, birgalikda yonma-yon yaşab kelganmiz. Bizni umumiy tarix, urf-odat va madaniyat boğlab turadi. Kelajagimiz ham özaro çambarças boğliqdir.
Şu kunlarda men Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev bilan bir neça bor telefon orqali muloqot qildim. Özbekiston xalqi nomidan butun Qozoğiston eli va rahbariga barqarorlik hamda farovonlikni ta’minlaş borasidagi barça sa’y-harakatlarini qat’iy qöllab-quvvatlaşimizni bildirdim.
Fursatdan foydalanib, uşbu voqealarda qurbon bölganlarning oila a’zolari va barça yaqinlariga yana bir bor çuqur ta’ziya va hamdardlik izhor qilaman. Jabrlangan insonlar ham tez orada soğayib ketişiga tilakdoşman.
Yaratganga şukrki, qöşni mamlakatdagi vaziyat asta-sekin öz iziga tuşib bormoqda, davlat tuzilmalari va ijtimoiy muassasalar öz faoliyatini qayta tiklamoqda, odamlar osoyişta hayotga qaytmoqda.
Öz ötmişida köplab murakkab sinovlarni boşidan keçirgan donişmand qozoq xalqi bu oğir kunlarni ham tez orada mardona yengib ötişiga hamda yanada yakdil va hamjihat bölişiga işonaman», dedi davlat rahbari.












