Rossiya FXX pul undiriş uçun virus jönatiş bilan şuğullanuvçi REvil xakerlar guruhi faoliyatiga çek qöydi.
Xabar qilinişiça, guruhga qarşi operatsiya AQŞ hukumatining sörovi bilan amalga oşirilgan. Guruh a’zolari xorij kompaniyalarining axborot resurslariga virus jönatiş orqali ma’lumotlarni şifrlaş hamda şifrni yeçiş uçun pul talab qiliş bilan şuğullangan.
Xakerlarni qölga oliş operatsiyasi 25ta manzilda ötkazilgan va 14 nafar guruh a’zosiga tegişli 426 million rubl, 600 ming dollar, 500 ming yevro, kompyuter texnikasi, kriptohamyonlar va premium toifadagi 20ta avtomobil musodara qilingan.
Qölga olinganlarga nisbatan “tölov vositalarining noqonuniy aylanmasi” moddasi böyiça ayblov e’lon qilingan.
REvil guruhi dunyodagi eng faol kiberguruhlardan hisoblanadi. Guruh jumladan, Apple kompaniyasi va Texas hukumati saytlariga hujumlar uyuştirgan.












