Qömita xabariga köra, avtomobil işlab çiqariş sanoatida 2021 yilda işlab çiqarilgan avtomobillar soni böyiça “Cobalt” yetakçilik qilmoqda - 71 082 dona.
Keyingi örinlardan 51 061 dona işlab çiqarilgan “Lacetti-Gentra” va 31 466 dona işlab çiqarilgan “Nexia T-250” joy oldi.
Şuningdek, 2021 yilda 55 068 dona “Damas”, 17 308 dona “Labo” va 9 915 dona “Spark” avtomobili işlab çiqarilgan.
Avvalroq, Özbekiston qaysi davlatlarga eng köp avtomobil eksport qilgani ma’lum bölgandi.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida Özbekiston yengil avtomobillarni eng köp Qozoğistonga eksport qilgan — 28 651 ta. Keyingi örinlardan Ukraina (744 ta) va Rossiya (448 ta) joy olgan.












