Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga köra, suhbatda davlat rahbarlari Qozoğistondagi vaziyatning rivojlanişi, respublikadagi holatni barqarorlaştiriş, tez fursatda tinçlik va osoyiştalikni qayta tiklaş borasida körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan fikr almaşdi.

Özbekiston yetakçisi Qozoğistonning birodar xalqi va rahbariyatini ularning mamlakat barqarorligi va farovonligini ta’minlaş yölidagi sa’y-harakatlarida doimo qöllab-quvvatlaşini yana bir bor tasdiqladi, deyiladi ma’lumotda.

Avvalroq, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining Kollektiv xavfsizlik kengaşi taşkilotga a’zo bölgan davlatda tartib örnatiş uçun Qozoğistonga tinçlikparvar kontingent yuborişga qaror qilgandi.

5 yanvar kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Qozoğistondagi tartibsizliklarga sababçi bölgan terrorçi tödalar «mohiyatan xalqaro bölib, ular xorijda jiddiy tayyorgarlikdan ötgani, ularning Qozoğistonga hujumini esa tajovuzkorlik harakati sifatida köriş mumkin va kerak»ligini aytgandi.

Manğistau oblastida 2 yanvardan beri aholi suyultirilgan gaz narxi oşirilganiga qarşi norozilik mitinglari ötkazmoqda. Norozilik namoyişlariga Qozoğistonning boşqa şaharlari aholisi ham qöşilgan.