26 yanvar kuni davlat rahbari iştirokida jamiyat muammolarini yeçiş, taraqqiyot strategiyasiga oid videoselektor yiğilişi ötkazildi. Rasmiy nutqqa ötiş oldida prezident köpçilikni öylantirgan masalalarga töxtaldi.
«35 milliondan iborat köp millatli xalqimiz dunyodagi rivojlangan davlatlarga xos hayot darajasiga erişiş, adolatli, erkin va obod jamiyat qurişdek uluğvor maqsadlar bilan yaşamoqda.
Mana, 35 mln kişidan ham oşdik, Xudoga şukr. Lekin aholi ösişiga yaraşa şaroitlar ham yaratişimiz kerak.
Bugun biz, jonajon Özbekistonimizning uzoq muddatga möljallangan istiqboli bilan boğliq bölgan, öta muhim masalani muhokama qiliş uçun yiğildik.
Hammangiz xabardorsiz, ötgan yili saylovoldi dasturi doirasida hududlarga taşriflarda «Inson qadri uçun» tamoyilini barça islohotlarimizning boş mezoni sifatida belgiladik.
«Davlat – inson uçun» degan ezgu ğoyani hayotga tatbiq etiş maqsadida 2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlaşib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida işlab çiqdik.
Uşbu strategiyada:
- yaqin va örta istiqbolda Özbekistonning taraqqiyot tendensiyalari qanday böladi?
- kelgusidagi faoliyatimizni belgilaydigan aynan qaysi maqsad va vazifalar, biz uçun eng dolzarb va ustuvor hisoblanadi?
- davlat va jamiyat hayotining barça jabha va yönalişlarini kompleks rivojlantiriş uçun asosiy e’tiborni nimalarga qaratişimiz kerak?
- keyingi yillarda qabul qilingan qonun va qarorlarimiz, dastur va rejalarimizni yangi davrda qanday davom ettirişimiz, ularga qanday qöşimça va özgartirişlar kiritişimiz kerak?
– degan savollarga çuqur va atrofliça javob berilgan.
Bugungi hayotimiz va ertangi kelajagimiz bilan boğliq şu kabi ustuvor masalalar tahlili, «Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobida özining batafsil ifodasini topdi. Endi xalqimiz kutyapti, bu islohotlar şabadasi qaçon bizga yetib keladi, deb.
Aynan şu sababli demokratik islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlaş maqsadida, kelgusi faoliyatimiz uçun «Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» degan prinsipni boş tamoyil etib belgiladik.
Şu asosda 2022 yil – «Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili» böyiça davlat dasturi tayyorlanib, keng jamoatçilik muhokamasidan ötkazildi.
Albatta, inson qadri biz uçun qandaydir mavhum, balandparvoz tuşunça emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinç va xavfsiz hayot keçirişini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlaşni nazarda tutamiz.
Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uçun munosib turmuş şaroiti va zamonaviy infratuzilma taşkil etişni, malakali tibbiy xizmat körsatiş, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, soğlom ekologik muhit yaratib berişni tuşunamiz.
Bu maqsadga erişiş uçun esa dunyodagi noyob demokratik tuzilma bölgan mahalla institutining katta imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, uning vakolatlarini yanada kengaytiriş, pirovard natijada mahallani jamiyatimizning hal qiluvçi böğiniga aylantiriş vazifasini öz oldimizga qöymoqdamiz.
Muxtasar aytganda, mahalla tinç bölsa, yurt tinç böladi. Mahalla obod bölsa, butun mamlakat obod böladi», – dedi prezident.












