Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Davlati rahbari maktab ta’limi hayot-mamot masalasi ekanini ta’kidladi.

«Bu sohadagi islohotlarni keçiktirişga haqqimiz yöq. Maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qöyişimiz kerak. Bunga barça e’tiborimiz va resurslarimizni safarbar qilamiz. Qiyin yölni tanlayapmiz, lekin şu yöl muammolarni yeçadi», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Maktablarni yaxşilaş faqat Xalq ta’limi vazirligining emas, balki barça vazirlik va idoralar, hokimliklar, ilmiy taşkilotlar, ziyolilar, keng jamoatçilikning vazifasi bölişi kerakligi ta’kidlandi.

Xususan, mamlakat böyiça 10 ming 130 ta maktabni isloh qiliş zarur. Bu 6 milliondan ziyod öquvçilar, 500 mingdan ortiq muallimlar, umuman, jamiyatimizning barça qatlamlari, har bir oilaning kelajagiga daxldor.

Yiğilişda sohadagi muammo va dolzarb masalalar körsatib ötildi.

Bugungi kunda 1 ming 695 ta maktab mukammal ta’mirga muhtoj. Hanuz 179 ta paxsadan qurilgan maktab bor. 3 mingdan ziyod maktab uçun qöşimça öquv binolari zarur. 2 mingdan ortiq maktabda sport zal yöq.

Bundan taşqari, yangi massivlar barpo etilişi, qişloq infratuzilmasi kengayişi va aholi ösişi hisobiga yana 270 ta maktab qurişga ehtiyoj bor.

Şu paytgaça foydalanib kelinayotgan ta’lim standartlari, öquv dasturlari faqat nazariy bilim berişga yönaltirilgan bölib, bolalarni mantiqiy fikrlaşga, amaliyotga, hayotga örgatmayotgani qayd etildi.

Tizimda hanuz 200dan ortiq hisobotlar mavjud, öqitiş, tadbirlar ötkaziş kabi jarayonlar haddan taşqari qolipga solingan. Maktab kutubxonalaridagi kitob fondi yillar davomida yangilanmagan. Faqat 615 ta maktabda milliy musiqa anjomlari mavjud. Maktablarni baholaş, ularni attestatsiya va akkreditatsiyadan ötkaziş nomiga bölib, ta’lim-tarbiya muhitini yaxşilaşga xizmat qilmaydi.

Bu kabi kamçiliklar xalq ta’limi tizimida barça yondaşuvlarni tubdan qayta körib çiqiş, ularni mutlaqo takomillaştirişni talab qiladi. Şu bois, maktablarning ham içki, ham taşqi qiyofasini yangilaş, ta’lim sifatini mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça katta islohotlar boşlanişi aytildi.

«Umuman, öqitiş metodikasi, darsliklari, partadan tortib, binosigaça töliq qayta körib çiqamiz. Ta’limga, muallimga şaroit yaratmasak, jamiyat özgarmaydi. Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta’limini isloh qiliş kengaşlari tuziladi. Respublika kengaşiga şaxsan özim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengaşlariga esa hokimlar boş böladi», – dedi prezident.

Bu kengaşlar sohaga oid işlarni xalq bilan kengaşib, öqituvçilar, ota-onalar va mutaxassislarning fikrlari asosida taşkil qiladi.

Yiğilişda maktab ta’limini rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilandi.

Kelgusi beş yilda 1 million 200 ming öquvçi örni taşkil etiş zarur. Davlat rahbari yangi maktablar va mavjudlarida qöşimça binolar quriş orqali quvvatlarni oşiriş böyiça körsatmalar berdi.

Endi bu işlar bilan viloyat, şahar va tuman hokimlari şuğullanişi ta’kidlandi. Davlat tomonidan ajratiladigan mablağdan taşqari mahalliy budjet tuşumlarining ham bir qismi maktablarga yönaltiriladi. Eng muhimi, yangi maktablar mahalla faollari, ota-onalar va jamoatçilik nazorati ostida quriladi va foydalanişga qabul qilinadi.

Quriliş vazirligiga yangi talablardan kelib çiqib, «namunaviy maktab» loyihalarini işlab çiqiş topşirildi.

Şaroitdan keyingi ikkinçi muhim masala bu – maktablardagi muhit. Davlat rahbari buning uçun boşqaruvni isloh qiliş zarurligini ta’kidlab, xalq ta’limi bölimi mudirligi va maktab direktorligiga malakali menejyerlarni tayinlaş, xorijdan mutaxassislar jalb qiliş böyiça tavsiyalar berdi.

Xalq ta’limi vazirligiga uşbu mutaxassislarga aniq natijaga asoslangan talab va mezonlarni işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

Yuqori malakali, izlanuvçan, özining «mahorat maktabi»ga ega muallimlarni rağbatlantiriş böyiça qöşimça çoralar belgilandi. Unga köra, Xalq ta’limi vazirining jamğarmasi taşkil etiladi va unga dastlab budjetdan 300 milliard söm ajratiladi. Jamğarma mablağlari ilğor pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan, öquvçilari yuqori natijalarga erişgan muallimlarga ham beriladi.

Yana bir taşabbusga köra, har bir viloyatda pedagogika institutlari, universitetlar, akademik litsey va ixtisoslaşgan maktablar öqituvçilaridan iborat «mobil metodik guruhlar» taşkil qilinadi. Ular ta’lim sifati past bölgan maktablarga borib, pedagoglarga yangiça öqitiş uslublarini tuşuntiradi va kömaklaşadi. Buning uçun ularga alohida oylik ustamalari beriladi.

Pedagog kadrlarni tayyorlaş tizimi ham tubdan takomillaştiriladi. Buning uçun Toşkent şahridagi 5 ta hamda hududlardagi 17 ta oliy ta’lim muassasalari doimiy tarzda maktablarga biriktiriladi. Talabalar 1-kursdanoq maktablar bilan boğliq tarzda öqiydi. Bu orqali ham talabaning, ham maktab öqituvçisining, ham oliygoh muallimining kasbiy mahorati oşadi.

Maktablarda öquv yuklamasi va darslar sonini qayta körib çiqiş, bolalarni fikrlaşga çorlaydigan metodikalarni joriy qiliş, darsliklarni ilğor tajribalar asosida töliq yangilaş böyiça topşiriqlar berildi.

Öquvçilarining böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, sport va san’at tögaraklarini faollaştiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbari maktab ta’limi sohasidagi islohotlar juda muhim ekanini ta’kidlab, mutasaddilarga xalqaro taşkilotlar bilan birgalikda strategiya işlab çiqiş vazifasini qöydi. Şu asosda, Maktab ta’limini rivojlantiriş dasturi qabul qilinişi belgilandi.

Yiğilişda vazirlar va hokimlar, yurtimizning barça hududlaridan muallimlar va maktab direktorlari öz takliflarini bildirdi.