Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi bölim boşliği Davron Pozilov ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy qöllab-quvvatlaşga oid prezident farmoniga şarh berdi.
Pozilov AOKAdagi brifingda ma’lum qilişiça, 2022 yil 1 martdan boşlab:
- barça imtiyozli toifaga kiruvçi (qöşimça ravişda 30 ming nafar) şaxslarga, ularning pensiya (nafaqa) olişi yoki mehnat faoliyatini olib borişidan qat’i nazar, pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida, ya’ni 130 ming söm miqdorda kompensatsiya pulini oliş huquqi beriladi;
- özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz nafaqa oluvçi şaxslarga 130 ming söm kompensatsiya tölovi joriy etiladi;
- yoşi 100 ga tölgan va undan oşgan nafaqa oluvçi şaxslarga har oyda pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorida, ya’ni 289 ming söm miqdorda qöşimça tölov tölab boriladi.
Barça imtiyozli toifadagi şaxslar soni 100 ming kişidan oşiriladi.
Uşbu kompensatsiya pul tölovlarini oliş huquqiga ega fuqarolar doimiy yoki vaqtinça turgan joyi böyiça Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining tuman (şahar) bölimlariga murojaat qilişlari mumkin.
Şuningdek, yoşi 100 ga tölgan va undan oşgan pensiya yoki nafaqa oluvçi şaxslarga tölanadigan köşimça tölov Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tuman (şahar) bölimlari tomonidan avtomatik tarzda axborot tizimi orqali tayinlanadi.
Mazkur tölovlarni moliyalaştiriş uçun budjetdan qöşimça 36,4 mlrd söm miqdorida mablağ ajratiladi.
Ma’lumot uçun, bugungi kungaça uy-joy kommunal xizmatlari xarajatlarini qisman qoplaş uçun 5 turdagi imtiyozli toifadagi şaxslarga, ya’ni salkam 70 ming kişiga pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorini tabaqalaştirgan holda 72 ming sömdan 144 ming sömgaça bölgan miqdorda kompensatsiya pullari tölanib kelinayotgan edi.
Kompensatsiya pul tölovi quyidagi şaxslarga tölanadi:
- 1941-1945 yillardagi uruş nogironlari va qatnaşçilari;
- uruş nogironi va qatnaşçilariga tenglaştirilgan şaxslar (jumladan, baynalmilalçi, tinçlik örnatuvçi harbiy xizmatçilar);
- özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz pensionerlar;
- konslager mahbuslari, Çernobil atom elektr stansiyasi halokatini bartaraf etişda qatnaşib jabrlanganlar, yadro va radiatsiya obektlarida harbiy xizmatni ötaganlar;
- 1941-1945 yillardagi uruşning mehnat fronti qatnaşçilari.
Şu paytgaça, kompensatsiya tölovi faqat mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi yoki pensiya va nafaqa oluvçi fuqarolarga tölanişi belgilanib, imtiyozli toifaga kiruvçi, ammo mehnat faoliyati bilan şuğullanmaydigan hamda pensiya va nafaqa olmaydigan şaxslarga tölov amalga oşirilmagan.
Prezident farmoni bilan Çernobil AES halokatini bartaraf etişda qatnaşgan, Afğonistondagi harbiy xarakatlarda iştirok etgan, mehnat faoliyati bilan şuğullanmayotgan hamda pensiya va nafaqa olmayotgan şaxslarga, şuningdek, özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz nafaqa oluvçilarga (jami bölib 30 mingga yaqin kişi) ham kompensatsiya tölovlari amalga oşiriladi.












