Loyihaga köra, 2026/2027-yilgi isitiş mavsumida, jumladan, joriy yilning noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln sömdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Mablağ 2026-yil 30-noyabrga qadar fuqarolarning ijtimoiy karta yoki bank kartasiga ötkaziladi.
Yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga beriladi. Şuningdek, reyestrga kirmagan, lekin «mahalla yettiligi» xulosasi va idoralar axborot tizimlaridagi maʼlumotlar asosida mezonga mos keladigan, oiladagi jon boşiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining (MIX) 2 baravaridan oşmaydigan oilalar ham qamrab olinadi. Yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar reyestridagi fuqarolar hamda yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan oilalar ham yordam oladi.
Gazlaşmagan va tabiiy gaz yetib borişi qiyin hududlarda isitiş mavsumida elektr energiyasining bazaviy meyori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgaça oşiriladi.
Markazlaşgan isitiş tizimiga ulangan köp qavatli uylarda yaşovçi oilalar uçun daromad mezoni Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda MIX 2 baravari, Toşkent şahrida esa 3 baravari etib belgilanmoqda.
Qöşimça röyxatni şakllantirişda birinçi navbatda boquvçisini yöqotgan oilalar, I yoki II guruh nogironligi bölgan aʼzolari bor oilalar, nogironligi bölgan bolani parvarişlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanişga muhtoj şaxslar yaşovçi oilalar inobatga olinadi. Bunday röyxatdagi oilalar soni tegişli tuman (şahar) böyiça Reyestrdagi oilalar sonining 50 foizidan oşmasligi lozim.
Bundan taşqari, elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça kompensatsiya, kömir uçun yordam hamda «Saxovat va kömak» jamğarmasi orqali beriladigan yordam oliş uçun daromad mezonini MIX 2 baravarigaça oşiriş taklif etilmoqda. Elektr va tabiiy gaz böyiça kompensatsiya muddati 2028-yil 1-aprelgaça, kömir uçun yordam muddati esa 2029-yil 1-yanvargaça uzaytiriladi.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasiga köra, 2026-yil 1-noyabrdan aholiga körsatiladigan markazlaşgan isitiş va issiq suv xizmatlari uçun yangi tariflar joriy etilişi kutilmoqda. Issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflarini 2030-yilga qadar bosqiçma-bosqiç tannarx darajasiga yetkaziş közda tutilgan.
Tariflarni özgartiriş bilan birga, sohada xarajatlarni qisqartiriş va xizmat sifatini oşirişga qaratilgan çoralar ham belgilanmoqda. Jumladan, bir oy muddatda issiqlik energiyasi tannarxini 15 foizgaça kamaytiriş dasturi işlab çiqiladi, korxonalar 2026-yil yakuniga qadar «Billing» dasturi bilan qamrab olinadi.












