Bir neça yildan beri Özbekistonda işlab çiqarilayotgan avtomaşinalar sifatsizligi, qimmatligi, vaqti-vaqti bilan narxlar asossiz oşirilişi ortidan keskin tanqidlarga uçrab kelmoqda. Bundan taşqari, xaridor pulini oldindan tölab, uzundan uzun navbatlar sabab bir neça oy davomida öz avtomobilini kutişga majbur. Natijada kompaniyaning eski avtomaşinalari ikkilamçi bozorda yangisidan köra qimmatroq sotiladi. Yumşoq qilib aytganda, UzAuto Motors’ning avtomobillari allaqaçon özbek xalqi uçun investitsion aktivga aylanib ulgurdi.

Xöş, ötgan yilda Özbekistondagi avtomobil işlab çiqariş, eksport va import qiliş tendensiyasi qanday keçdi?

UzAuto Motors’da işlab çiqariş 15 foizga kamaydi

Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2021 yilda Özbekistonda 236 ming 667 dona yengil avtomobil işlab çiqarilgan. Bu 2020 yilga nisbatan 15,6 foizga (2020 yilda 280 ming 80 dona) kamroq.

Ötgan yilda işlab çiqarilgan avtomobillar:

  • Cobalt — 71 082 dona;
  • Lacetti-Gentra — 51 061 dona;
  • Nexia T-250 — 31 466 dona;
  • Damas — 55 068 dona; 
  • Labo — 17 308 dona;
  • Spark — 9 915 dona.

2021 yilda oldingi yil bilan taqqoslanganda quyidagi avtomobil modellarini işlab çiqariş kamaygan: Cobalt (11,1 foizga), Nexia T-250 (52,7 foizga), Spark (57 foizga). Öz navbatida Lacetti-Gentra (2,8 foizga), Damas (6,2 foiz) va Labo (47,9 foiz) işlab çiqariş köpaygan.

Moliya vazirligi ma’lumotiga köra, 2020 yilda UzAuto Motors AJ tomonidan davlat budjetiga jami 1,3 trln söm soliq va boşqa majburiy tölovlar (tovarlar importi uçun tölovlar bundan mustasno) tölangan va kompaniyaning jami davlat budjeti daromadlaridagi salmoği 0,98 foizni taşkil qilgan.