Kuni keça ijtimoiy tarmoqlardagi yirik guruhlarda xorijdan avtotransport vositalarini Özbekistonga olib kiriş uçun örnatilgan davlat bojlari bekor qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Muhokamalarda davlat bojlari bekor qilinişiga sabab sifatida «UzAuto Motors» avtomobillarning narxlarini tuşiriş va sifatini yaxşilaş böyiça qöyilgan vazifalarni bajarmagani körsatilgan.

Holatga izoh oliş uçun Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati bilan boğlandik. Qömita mas'ullari bu boradagi işlar Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlaştirilişini ma'lum qildi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, ayni paytda avtomobil işlab çiqarişda foydalaniladigan xomaşyo va materiallarni olib kiriş böyiça bojxona tölovlari stavkalarini kamaytirişga qaratilgan hujjat ustida işlar olib borilmoqda.
Vazirlik xorijdan aynan avtotransport vositalarini olib kirişda bojxona tölovlarini kamaytiriş masalasi körilayotgani haqidagi savolni oçiq qoldirdi.
Davlat bojxona qömitasining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Özbekistonga xorijdan avtotransport vositalarini olib kiriş 2018 yil 29 iyunda qabul qilingan «Özbekiston Respublikasining taşqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga soliş hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga soliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori asosida tartibga solinadi.
Qaror bilan tasdiqlangan ilovalarda import bojxona bojlari stavkalari avtotransport vositasining dvigatel hajmi va ot kuçiga qarab farq qiladi. Uşbu bojlar 2019 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan. Ta'kidlab ötiş joizki, hujjatda körsatilgan import bojxona stavkalari negadir davlat tilida emas, rus tilida berilgan.
Eslatib ötamiz, bunga qadar Özbekiston avtomobil sanoatidagi monopoliya davlat rahbari tomonidan ham, deputatlar,













