Moliya vazirligi yirik soliq tölovçilar tölaydigan soliqlar xususida qöşimça ma'lumot berdi.

Vazirlik xabariga köra, “Fuqarolar uçun budjet”da körsatib ötilgan yirik soliq tölovçilar, faqat respublika içida tölaydigan soliqlari böyiça röyxat qilingan bölib, bu tölovlar tarkibiga respublika hududiga olib kiriladigan tovarlar uçun tölanadigan bojxona tölovlari kiritilmagan.

Şuningdek, Moliya vazirligi kompaniya 2020-2021 yillarda tölagan soliqlar haqida ma'lumot berdi:

  • 2020 yilda UzAuto Motors AJ tomonidan davlat budjetiga jami 1,3 trln söm soliq va boşqa majburiy tölovlar (tovarlar importi uçun tölovlar bundan mustasno) tölangan. Jami davlat budjeti daromadlaridagi salmoği 0,98 foizni taşkil qilgan;
  • Şu bilan birga, tovarlar importi uçun tölangan bojxona tölovlari 2,3 trln sömni taşkil qilgan;
  • Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari mobaynidagi budjetga tölovlar 751,5 mlrd sömni taşkil etib, yil yakuniga qadar uşbu körsatkiç 950 mlrd sömga yetişi kutilmoqda, davlat budjetining umumiy daromadlari kutilayotgan miqdorida 0,56 foizni taşkil qiladi;
  • Bundan taşqari, import qilingan tovarlari uçun şu davrda tölangan bojxona tölovlari 2 376,2 mlrd sömni taşkil qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2022 yilda ularning eng yiriklarining davlat budjeti tuşumlaridagi uluşi haqida ma'lumot berilgandi. UzAuto Motors ham 10ta yirik soliq tölovçilar röyxatiga kiritilgan. Röyxatda eng köp soliq tölovçi sifatida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ni köriş mumkin, kelgusi yil uning budjetdagi uluşi 17,82 foiz deb prognoz qilinmoqda.

Ma'lumot uçun, 2021 yilning birinçi yarmida yirik soliq tölovçilar tomonidan tölangan soliqlar jami soliq tuşumlarining 66,2 foizini taşkil etgan. Ularning soni esa 1124taga yetgan.