UzAuto Motors kompaniyasi şu yilning 5-17 dekabr kunlari işlab çiqarilgan  Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini çaqirib olmoqda. Qayd etilişiça, bu avtomobillarning orqa oyna isitiş tizimini tekşiriş zarurati bilan boğliq.

«UzAuto Motors işlab çiqarilayotgan avtomobillar sifati va mijozlar talabini qondirişni özining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. Aynan mana şu sifat talablaridan kelib çiqib, kompaniya 2021 yil 5-17 dekabrda işlab çiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini çaqirib oliş dasturini e’lon qiladi.

«Çaqirib oliş» dasturi avtomobillarning orqa oyna isitiş tizimini tekşiriş zarurati bilan boğliq.

Barça işlar UzAuto Motors AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida işlab çiqaruvçining mablağlari hisobidan amalga oşiriladi», deyiladi xabarda.

Avvalroq, 2022 yil 1 fevralga qadar Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillarini sotiş böyiça yangi arizalar qabul qiliş töxtatilgani xabar qilingandi.